Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

1. Bartaraf etish yoki almashtirish. Bunday yondashuv zaharli bir 
moddaning qo‗llanilishini butunlay bartaraf etish yoki boshqa shu moddani o‗rnini 
bosuvchi kam zaharli moddadan foydalanishni o‗z ichiga oladi.
2. Jarayon yoki uskunalarni o„zgartirish. Bu holatda ish jarayonida xavfli 
materiallarga duch kelganda uskunalarni o‗zgartirish va texnik vaziyatni xisobga 
olib, unga bog‗liq xavfni kamaytirish muhimdir. Tez-tez professional sog‗liq 
standartlariga javob bermaydigan uskunalarni o‗zgartirib borish zarur. 
3. Izolyasiya yoki to„siq. Juda zaharli materiallarni o‗z ichiga olgan 
operatsiyalar davomida xavf manbai va uning ta‘sir ko‗rsatishidan ishchilarni 
himoya qilish maqsadida to‗siq qo‗yish orqali ob‘ekt xavfsiz holatga 


88 
keltiriladi. Ko‗pincha ishchining bu jarayondagi izolyasiyasini amalga oshirish 
uchun robotlardan foydalanish mumkin bo‗ladi. 
4. Mahalliy ventilatsiya va havo tozalash. Havodagi gazlar yoki barcha 
sanoat operatsiyalaridagi zaharli moddalarva zarrachalar shamollatish tizimi orqali 
yo‗q qilinishi mumkin. Uskunalar ikki turda bo‗lishi mumkin: qo‗lqop qutisiva 
laboratoriya qaytarma qalpog‗i. Chiqarish tizimi orqali havo tozalanadi va bu esa
faqat havo tozalash qurilmalari orqali amalga oshirilishi kerak (masalan, filtr, havo 
respiratori va havo so‗rg‗ich kabi). Ba‘zi hollarda, olib tashlangan ifloslantiruvchi 
moddalar jarayonning o‗zida qayta ishlanishi mumkin. 
5. Shahsiy himoya vositalari. Ishlab chiqarish jarayonida ishchilar shahsiy 
ximoya vositalaridan foydalanishlari kerak. Og‗ir uskunalar bilan ishlaydigan 
ishchilar og‗ir zarblardan ximoyalovchi qaytaruvchi anjom, ko‗zoynak, va 
xavfsizlik poyafzali bilan ta‘minlash kerak. O‗yuvchi va zaharli kimyoviy 
moddalar bilan ishlaydigan ishchilar esa yuzga taquvchi niqob bilan 
himoyalanishlari kerak. 
6. To„g„ri ish tajribasi va ozodalik. Ushbu ikkala tadbirlar nazorat qilish 
strategiyasining muhim samarali tarkibiy qismlaridan biridir. To‗g‗ri ish tajribasi 
operatsion uskunalarning to‗g‗ri dizaynini o‗z ichiga oladi, ular zararli ta‘sir va 
chiqindilarni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Biron bir xavfli ish jarayonini 
bajarishdan oldin texnika xavfsizligi bo‗limidan ruxsatnoma olinishi talab qilinadi. 
Ozodalikda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish nazarda tutilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling