Nuraliyeva xafiza otaevna


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/121
Sana19.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1215029
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121
Bog'liq
Гигиена дарслик ПДФ

bo„sag„asiz effekti deb nomlanadi. Shuning uchun eng yaxshisi ishlab chiqarish 
muhitida kanserogenlarning bo‗lmasligiga erishish kerak. 
Bir qator kanserogenlar uchun Butun Dunyo Sog‗liqni Saqlash 
Tashkilotining tavsiyasiga ko‗ra REK "0" qiymatga ega bo‗lishi kerak, jumladan 
shunday qiymat - benzidin, alfa naftil amin, betta nitrozo- dimctilamin, alfa 
propiolaktamlar uchun belgilangan. 
Boshqa kanserogenlarning havo muhiti uchun REK faqat ishlab chiqarish 
havosi uchun benz(a)pirenga nisbatan ishlab chiqilgan bo‗lib, bu 15mg/m3 
qiymatga tengdir. 


82 
Kasbga doir xavfli o‗sma kasalliklari uchun dastlabki va davriy tibbiy 
ko‗riklarni sifatli o‗tkazilishi katta ahamiyatga ega bo‗lib, saraton kasalligidan 
oldingi holatlarni o‗z vaqtida aniqlash maqsadini ko‗zda tutadi. 
Mutagenli ta‟sir -ayrim ishlab chiqarish omillarining mutagenli ta‘sir 
samarasi hujayralarning genetik kodini jarohatlashi bilan bog‗liq bo‗lib, natijada 
ishlovchilarning kelgusi avlodlarida organizmning irsiy belgilarini uzatilishiga doir 
kuzatiladigan kasalliklar qayd qilinadi. Mutagenli ta‘sirga ko‗pgina kanserogenli 
xususiyatga ega bo‗lgan moddalar egadir, ammo hamma mutagenlar ham 
kanserogenli ta‘sirga ega emas. Profilaktik tadbirlar, xuddi kanserogenlarga 
bo‗lgan talab va tadbirlarning ko‗rinishi kabidir. 
Gonadotrop ta‟sir - sanoat zaharlarining gonadotrop ta‘sirlari erkak 
kishilarda spermatogenezning, ayollarda esa ovogenezning izdan chiqishi bilan 
ta‘riflanadi. Bunday ta‘sir ishlovchilarning o‗zlarida ham, ularning kelgusi 
avlodlarida ham uchrashi mumkin. Gonadotrop ta‘sir xususiyatiga - benzol va 
uning gomologlari, xlororganik birikmalar, marganets, xlorpren, kaprolaktam, 
borat kislotasi, fenol, qo‗rg‗oshinlar egadir. Bundan tashqari, bir qancha moddalar 
embriotoksik ta‘sirga ega bo‗lib, xomilador ayol organizmiga ta‘sir etganda xomila 
organizmida gistomorfologik o‗zgarishlarni keltirib chiqaradi (teratogenli samara), 
ayrim sharoitlarda esa (moddaning zaharlilik sinfi, moddaning yuqori dozasi) 
xomilaning nobud bo‗lishiga ham sabab bo‗ladi. Teratogenli ta‘sir aniq bo‗lgan 
moddalar qatoriga - xlorpren, formaldegidli qatron, emallar, laklarni kiritish 
mumkin. Bunday ta‘sirga xomilaning 3-7 haftasidagi davri eng sezgir hisoblanadi. 
Embriotoksik ta‘sirning oldini olish uchun umumiy profilaktik tadbirlardan 
tashqari sanoat zaharlari bilan bog‗liq bo‗lgan kasblarda ishlash uchun homilador 
ayollarni umuman qo‗ymaslik maqsadga muvofiqdir. 
Sanoat zaharlarining umumzaharli ta‟sirlarining oldini olish tadbirlarining 
asosiylari quyidagilardan iborat: 
- texnikaviy usulni qo„llash mehnat uslubini tubdan o‗zgartirishi mumkin, 
bunda texnologik jarayon zamonaviy moslamalarda (zich yopiq holda) ma‘lum 
masofadan turib bajariladi. Texnologik jarayonlarni takomillashtirish (masalan, 


83 
buyumlarga ishlov berish usullarini o‗zgartirish, texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirish, yopiq turkumdagi texnologiyalarni qo‗llash). 
- Sanitariya-texnikaviy tadbirlar - bu tabiiy va sun‘iy usul bilan ish 
joylaridagi havoni almashtirish (avariya holatida avtomatik ishlaydigan havoning 
sun‘iy usulda almashinuvini ta‘minlaydigan moslamalar qo‗yish), gaz va yuqori 
dispersli chang hosil qiluvchi moslamalarni umumiy ish joylaridan cheklash
ularning zichligini ta‘minlash hamda konditsionerlar, avtomatik nazorat qiluvchi 
o‗lchagichlar o‗rnatish hisoblanadi, ishchi zonasi va ish xonalar havosini oqilona 
shamollatish (mahalliy, umumiy). 
- sanitariya-gigiyenik tadbirlar - ish jarayonida zaharli birikmalarni iloji 
boricha kam zaharli birikmalar bilan almashtirish (masalan, bosmoxonalarda 
qo‗rg‗oshin o‗rniga ruxdan foydalanish, benzolni va dixloretanni benzin yoki etil 
spirti bilan almashtirish va h.k.) kiradi. 
Kimyoviy moddalarni gigiyenik reglamentlash va ish joylaridagi havo 
tarkibidagi zaharli moddaning miqdorini nazorat qilib borish (SanQ va M 
kitobchasini namoyish qilish, ish joyidagi havo muhitida kimyoviy moddalarning 
REK rioya qilish kabilar); shahsiy himoya vositalardan unumli foydalanish 
(maxsus kiyimlar, lozim bo‗lganda maxsus respiratorlar va protivogazlar); gazdan 
muhofaza qilish bo‗limining asosiy vazifasi falokatlarning oldini olish, ish uslubini 
ilmiy jihatdan tashkil qilish, korxona hisobidan ishchilarni maqsadga muvofiq 
ovqat bilan ta‘minlash, qo‗shimcha ta‘til berish, ishchilarni bexavotir ishlashga 
o‗rgatish, ish uslubini hisobga olgan holda korjomalar bilan ta‘minlashdan iborat. 
- profilaktika va davolash tadbirlari - bu ishchini ishga qabul qilishdan oldin 
hamda ish uslubiga qarab ma‘lum vaqtdan keyin tibbiyot ko‗rigidan o‗tkazishdir. 
O‗smirlar, homiladorlik va emiziklik davridagi ayollar kimyoviy birikmalar bilan 
ishlashga ruxsat etilmaydi. Bu to‗g‗risida O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni 
saqlash vazirligini 2012 yil 10 iyulda tasdiqlangan №200 - sonli buyrug‗i 
―Xodimlarni tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish tartibini tasdiqlash to‗g‗risida ko‗rsatma‖ 
da ko‗rsatib o‗tilgan. Ko‗rsatmada shuningdek, zararli va xavfli moddalar va ular 
bilan ishlaydigan ishchi xizmatchilarni ishga kirishdan oldin va ish davomida 


84 
davriy tibbiy ko‗riklarni o‗tkazish muddatlari, tibbiy ko‗rikda qatnashishi zarur 
bo‗lgan mutaxassis shifokorlar, o‗tkazilishi shart bo‗lgan laboratoriya va 
funksional tekshiruvlar va ishga ruxsat berishga to‗sqinlik qiluvchi tibbiy qarshi 
ko‗rsatmalar ro‗yxati
keltirilgan.
Kimyoviy birikmalarning ish joylarida ruxsat etish mumkin bo‗lgan 
miqdoridan tashqari, bir kecha-kunduzda uchrashi mumkin bo‗lgan eng yuqori 
(maksimal) miqdori ham aniqlanadi. Kimyoviy birikmalarning ruxsat etsa 
bo‗ladigan miqdori va ularning organizm sistemalariga ta‘siri laboratoriya usuli 
bilan hayvonlarda sinab aniqlanadi. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling