Nuraliyeva xafiza otaevna
Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat allergenlari
Ishlab chiqarishga doir kimyoviy omillarning spetsifik ta’sirlariga
gigiyenik tasnif Ayrim turdagi sanoat zaharlari umumzaharli ta‘sir samarasidan tashqari spetsifik ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ham egadir - allergenlik, kanserogenlik, mutagenli, teratogenli, embriotoksik ta‘sir kabilar. Sanoat allergenlari - bu shunday moddalarki, ular organizmga tushganda, ma‘lum muddatlardan so‗ng organizmni allergizatsiya holatiga olib keladi. Allergenlik xususiyatiga ko‗pincha yuqori molekulali organik birikmalar ega bo‗ladi, ammo ma‘lumki ko‗pgina quyi molekulali moddalardan tortib, toki ayrim kimyoviy elementlargacha ana shunday ta‘sir ko‗rsatish xususiyatiga ega, masalan, kobalt, nikel birikmalari. Bu moddalar organizmda gaptenlik vazifasini o‗taydi, hujayralardagi oqsil molekulalari bilan birikib murakkab komplekslar hosil qiladi, bu moddalar o‗z o‗rnida organizmni autoallergizatsiya holatiga olib keladi. Ishchilar organizmida yuzaga keladigan allergik holatlar tez sodir bo‗ladigan va 80 sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalar ko‗rinishida namoyon bo‗lishi mumkin. Tez sodir bo‗ladigan allergik reaksiyalarga bronxial astma, angionevrotik shish, eshakemi va sekinlik bilan yuzaga keladigan allergik reaksiyalarga - dermatitlar, ekzemani kiritish mumkin. Bunday reaksiyalarning kelib chiqishida nasldan-naslga o‗tuvchi moyillik, neyroendokrin kasalliklar va shaxsiy moyillik holatlari katta ahamiyatga egadir. Kasbiy allergozlarning profilaktikasi juda murakkabdir, chunki allergiyaning shakllanishida yoki ayrim hollarda allergik reaksiyalarni kelib chiqishida juda kichik miqdorlardagi allergenlarning ta‘siri ham etarli bo‗lib qoladi. Bunday vaziyatlarning oldini olish uchun allergik ta‘sir ko‗rsatuvchi moddalarning o‗zini yoki guruhini aniqlash va organizmni desensibilizatsiyalash juda muhimdir yoki bo‗lmasa shu organizmni allergenlar bilan bo‗ladigan aloqasiga umuman barham berish zarur. Birlamchi profilaktik tadbirlarni o‗tkazish uchun ishchilarga kimyoviy moddalarning ta‘sir etish mumkinligini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar (umumzaharli ta‘sirlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar kabi) dan tashqari ishchilarni ishga qabul qilishda ularning allergiyalarga moyillik holatlarini tekshirish kerak bo‗ladi. Ayrim turdagi kimyoviy ishlab chiqarish omillari uzoq muddatlardan so‗ng yuzaga keladigan ta‘sir samarasini namoyon qiladi, ya‘ni patologik o‗zgarishlar bu moddalarning ta‘sir etganidan so‗ng tezlikda yuzaga kelmay, balki ta‘sir etilgandan ma‘lum muddat o‗tgandan so‗ng namoyon bo‗lishi mumkin. Ana shunday uzoq muddatdan so‗ng yuzaga keladigan samaralar qatoriga kanserogenli, mutagenli, teratogenli ta‘sirlarni ko‗rsatish mumkin. Ayrim hollarda teratogenli ta‘sirni embriotoksik ta‘sir deb ham ataladi. Kanserogenli ta‟sir - bu kimyoviy moddalarning xavfli o‗smalarni keltirib chiqarish xususiyatidir. Sanoat kanserogenlari ko‗p va xilma- xildir. Butun dunyo Sog‗liqni Saqlash tashkiloti tarkibiga kiruvchi guruhining tasnifiga ko‗ra (1982) barcha kanserogenlik xususiyatiga ega bo‗lgan moddalar ikki guruhga bo‗linadi: 1-guruh - odam organizmi uchun kanserogenli ta‘siri aniqlangan moddalar; 4-aminodifenil, margumush va uning birikmalari, asbest, benzol, benzidin, 81 xlormetilmetalli efir, xrom va uning birikmalari, 2- nafitilamin, qurum qatronlar, mineral yog‗, vinilxlorid va b.q. 2 guruh - odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati bo‗lishi mumkin bo‗lgan moddalar. Bu guruhga kiruvchi moddalar yana 2 guruhga bo‗linadi: a) odam organizmi uchun kanserogenli xususiyati yuqori bo‗lgan moddalar (akrilonitril, benz(a)piren, berilliy, dietilsulfat, 0-toluidin, nitrozoaminlar va b.q.); b) odam organizmi uchun kanserogenlik xususiyati past bo‗lgan kimyoviy moddalar (to‗rtxlorli uglerod, xloroform, xlorfenollar, dibro- metan, formaldegid, ayrim turdagi gerbitsidlar va b.q.) Kasb kasalliklari ro‗yxatiga yana badan terisida uchraydigan saraton kasalliklari kiritilgan, bundan tashqari nafas organlari, jigar, oshqozon, siydik pufagi, suyaklarda uchraydigan xavfli o‗smalar, 1 guruhga kiruvchi kanserogenli moddalar va 2 guruhdagi ayrim kanserogenli ta‘sirga ega bo‗lgan moddalar ta‘sirida yuzaga keladigan leykozlarni aytish mumkin. Xavfli o‗smalarni kelib chiqishida organizmning saratondan oldingi holati katta axamiyatga ega, masalan, mexanik va termik jarohatlar, zararli odatlar (spirtli ichimlik ichuvchilar, chekuvchilar). Xavfli o‗sma kasalliklarining oldini olishda umumiy tadbirlardan tashqari shu narsani inobatga olish zarurki, kanserogenli effekt kanserogenlarning juda kichik dozalar ta‘sirida ham yuzaga kelishi mumkin, buni kanserogenlarning Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling