Nuraliyeva xafiza otaevna
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена дарслик ПДФ
Jadval 11.1
Suv sarfi. Kishi boshiga kuniga (litr ) xisobida. № Turar joylarning xolati Kishi boshiga 1 kunda o‗rtacha suv miqdori 1 Qishloq joylarda kolonkalardan suv oladigan aholi uchun 40-60 litr 2 Vodoprovod bilan kanalizatsiyasi bor, vannasi yo‗q binolar 125-160 litr 3 Vodoprovod, kanalizatsiya, vanna va suv isitgichlar bilan ta‘minlangan binolar 160-230 litr 4 Markazlashtirilgan issiq va sovuq suv bilan ta‘minlangan binolar 230-350 litr 5 Yirik shaxarlarda 500-1000 litr Agar suv patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari bilan ifloslansa, organizmga yomon ta‘sir qilishi mumkin. Faqatgina suvni iste‘mol qilishgina emas, balki ifloslangan suv manbalarida cho‗milish ham sog‗liq uchun zararlidir, bunday hollarda turli kasalliklar (ichak, teri, ko‗z kasalliklari va h.k.), kelib chiqadi. Suv juda ko‗p kasalliklarni qo‗zatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‗rinni egallaydi, jumladan infeksion hamda ayrim turdagi invazion kasalliklarning tarqatuvchisidir. Bunday holat juda ko‗p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq 219 muddatlarda yashay olishi bilangina bog‗liq bo‗lmay, balki ular suv muhitida o‗zlarining virulentligini ham to‗liq saqlay oladi. Ayniqsa issiq iqlim sharoitida buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladi. SHuning uchun suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo‗lib hisoblanadi. L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan idishlardan vabo vibrionini topgan. Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv epidemiyalar), ularning yanada keng tarqalib ketmasligining oldini olishdagi tez va samarali tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda tutish lozimki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o‗ziga xos ayrim xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so‗ng esa ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko‗rilishi bilan kasallanish keskin kamayib ketadi. Suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar ko‗p bo‗lib, ularni bir qancha guruhlarga bo‗lish mumkin. Birinchi navbatda bu bakterial tabiatli ichak infeksiyalari bo‗lib, ularga vabo, qorin tifi, paratif A va B, ichburug‗ (dizenteriya), har xil enteritlar va enterokolitlar (patogen ichak tayokchalari) kiradi. Suv orqali tarqaladigan eng xavfli ichak kasalligi bo‗lib vabo xisoblanadi. Kasallikning klinikasi og‗ir kechishi va pandemik tarqalish tendensiyasi tufayli vabo kasalligi – o‗ta xavfli infeksiyalarga kiradi. Issiq iqlimli davlatlarda leptospiroz kasalliklari uchraydi. Ayrim bakterial zoonoz infeksiyalar ham suv orqali tarqaladi. Bunda kasallik manbai bo‗lib kemiruvchilar (tulyaremiya) yoki qoramollar (brutsellez, kuydirgi) hisoblanadi. Bu kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va 220 har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‗y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv manbalari ayniqsa havotirli hisoblanadi. Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‗diradi. Shubhali ochiq suv manbalarida cho‗milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. Suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir. Suvda rivojlanuvchi organizmlar — plankton, mollyuskalar, suv o‗tlari va boshqalar o‗zida radioaktiv moddalarni kumulyasiya qilish xususiyatiga ega, bu o‗z yo‗lida suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga olib keladi. 1950 yillardan boshlab, suv manbalarining sun‘iy radioaktiv izotoplar bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a‘zolarda kumulyasiya qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‗lishi mumkin. Suv odamlar orasida infeksiya tarqatuvchi manba bo‗lishi mumkinligi haqidagi birinchi ma‘lumotlar London shahrida vabo kasalligini epidemiyasida Djon Stou tomonidan 1854 yili aniqlangan. Uning olib borgan tajribalarini hayron qolarli joyi shundaki, inson suv bilan ishlashi davomida kasallik asoratlarini sezmaydi. Anologik tekshirishlar Robert Kox tomonidan 1892 yili Germaniyada olib borilib, u suv tarkibidagi vabo chaqiruvchi bakteriyalarni filtratsiya qilish yo‗li bilan yo‗qotish mumkinligini isbotladi. Keyingi paytlarda AQSh da o‗tkazilgan tajribalar shuni ko‗rsatdiki, ich terlama kasalligi o‗rganilib, shunday xulosaga kelishgan, ya‘ni suvni filtratsiya qilishdan oldin kimyoviy moddalar bilan koagulyasiya qilish kerak ekan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling