Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT FARMATSEVTIKA INISTITUTI Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
- Taqrizchilar: Baxriddinov Sh.S
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‟LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INISTITUTI Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna GIGIYENA (5510500 - Farmatsevtika ishi va 5111000 - Kasb ta‘limi bakalavriat ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchuno‗quv qo‗llanmasi) TOSHKENT - 2018 UO‗K KBK K Yo Gigiyena. Nuraliyeva X.O., Qodirova D.E., Fayzullayeva Z.R. – O‗zbekiston Respublikasi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi – T. «YANGI NASHR», 2018.- 286 bet ISBN Taqrizchilar: Baxriddinov Sh.S. – TTA, Bolalar va o‗smirlar gigiyenasi kafedrasiprofessori, t.f.d. Saidov S.A. – Toshkent farmatsevtika instituti ―Farmakologiya va klinikfarmatsiya‖ kafedrasi mudiri, t.f.d O‘quv qo‘llanmada adekvat ovqatlanish, oziq - ovqat mahsulotlarini inson hayotida tutgan o‗rni, ovqatdan zaharlanish va uning oldini olish, farmatsevtika ishlab chiqarish muhitida fizik, kimyoviy va biologik omillar ta‘siri, dorixona loyihasi, unga qo‗yilgan gigiyenik talablar, farmatsevtika ishlab chiqarishida Galen preparatlari, antibiotiklarni ishlab chiqarishda mehnat gigiyenasi mavzulari yoritib berilgan. Ushbu o‗quv qo‗llanmasi sog‗liqni saqlash ta‘lim sohasining 5510500 - Farmatsevtika ishi va 5111000 - Kasbiy ta‘lim yo‗nalishlari o‗quv rejasi va namunaviy fan dasturi asosida tuzilgan. Учебное пособие включает в себя адекватное питание, роль пищевых продуктов в жизни человека, влияние физических, химических и биологических факторов в фармацевтической промышленности, дизайн аптеки, требования к фармацевтическим продуктам, Галеновым препаратам и антибиотикам. Это учебное пособие основано на учебной программе санитарного просвещения в области «Фармацевтическое дело» - 5510500, «Профессиональное образование» - 5111000 учебных направлений и модели науки. The manual includes adequate nutrition, the role of food products in the human life, the impact of physical, chemical and biological factors to the pharmaceutical industry, pharmacy design, requirements for pharmaceutical products, Galenic preparations and antibiotics. This textbook is based on the curriculum of health education in the field of "Pharmacy" - 5510500, "Professional education" – 5111000of the educational areas and model of science. Nuraliyeva X.O., Qodirova D.E., Fayzullayeva Z.R., 2018 « YANGI NASHR», 2018 3 Kirish Hozirgi kunda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga katta e‘tibor qaratilayotgani O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 14 fevraldagi PQ-3532 sonli ―Farmatsevtika tarmog‗ini jadal rivojlantirish bo‗yicha qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi qarorida batafsil bayon etilgan. Rivojlangan davlatlarda inson salomatligini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‗tarish haqida g‗amxo‗rlik qilish muhim davlat vazifalaridan hisoblanadi. Kasalliklarning oldini olishda,sog‗lom turmush tarzini shakllantirish va targ‗ib qilishda tibbiyotda profilaktika yo‗nalishining xizmati benihoya kattadir. Profilaktik tibbiyotga asos bo‗la oladigan fan - gigiyenadir. Gigiyena – yunoncha «higieinos» so‗zidan olingan bo‗lib, inson salomatligiga tashqi muhit omillarining ta‘sirini o‗rganadigan sog‗liqni saqlash va uni yaxshilash to‗g‗risidagi fan bo‗lib, sanitariya esa gigiyena me‘yorlari, talab va qonun qoidalari asosida amaliy faoliyat ko‗rsatadi. Inson organizmi tashqi muhitning beto‗xtov almashinib turadigan ko‗p omillari ta‘siriga duch keladi, lekin organizmning tabiiy moslashuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‗l qo‗ymaydi. Organizm bilan tashqi muhit o‗rtasidagi muvozanatning buzilishi esa kasalliklarga zamin yaratadi, chunki moslashuvchanlikning chegarasi bor. Gigiyena fani inson salomatligi va tashqi muhit orasidagi mutanosiblikni saqlash zarurligini o‗rgatadi, inson vujudi va faoliyati bilan atrof -muhitning uzviyligini ta‘minlaydi. Gigiyenaning asosiy muammolari - bu organizm bilan tashqi muhitning o‗zaro munosabatlari - hozirgi vaqtda muhit bilan organizmning o‗zaro ta‘siri va birligi deb talqin qilinadi. Tashqi muhitning organizmga ko‗rsatadigan ta‘siri organizmning nafas olish, ovqatlanish, termoregulatsiya jarayonlarida namoyon bo‗ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ta‘sirlariga, bularning sifati va miqdoriga bog‗liqdir. P. Pavlov odam salomatligi tashqi muhit omillari ta‘siriga uchrab qolganida kasallik kelib chiqadi, chunki bunda muhit bilan organizm o‗rtasidagi muvozanat buziladi, deb ko‗rsatib o‗tgan edi. 4 O‗quv qo‗llanmasi gigiyena fanining asosini ochib berib, uning vazifalari sog‗liqni saqlashdagi profilaktika masalalarini yoritib beradi. Farmatsevtikasohasidaprovizorlarningkasalliklarnidorilarbilanginadavolamasdan, kasalliksabablarivaoldiniolishishlariniolibborishlaridayordamberadi. O‗quv qo‗llanmasi bir necha yo‗nalishlarda tuzilgan bo‗lib, gigiyena fanining rivojlanish davrlari va gigiyenik reglamentlarni ko‗rsatib beradi. Tashqi muhit omillarining ta‘siri suv, havo va tuproq tavsifi bilan bo‗lib, turli kasalliklarni kelib chiqishida ta‘riflash mumkin. Ko‗rsatilgan ma‘lumotlarda kasb kasalligining kelib chiqish sabablari, mehnat gigiyenasi me‘yorlari, ovqatlanish gigiyenasi, dorixona gigiyenasi va turli ma‘lumotlar kiritilgan. O‗quv qo‗llanmasini yanada yaxshilash maqsadida o‗quvchilar tomonidan bildiriladigan fikr va mulohazalar, ko‗rsatilgan kamchiliklar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi. 5 Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling