Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
I BOB. GIGIYENA FANI VA UNING VAZIFALARI
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
I BOB. GIGIYENA FANI VA UNING VAZIFALARI
1.1. Gigiyenaning fan sifatida tutgan o„rni va ahamiyati Gigiyena fani – mustaqil faoliyat ko‗rsatuvchi fan bo‗lib, odam organizmiga atrof-muhitdagi omillarning ta‘sirini o‗rganadi, olingan natijalar asosida aholi uchun eng muvofiq yashash, mehnat qilish sharoitlarini, ovqatlanish tartiblarini, suv ta‘minoti, turar-joylar bilan ta‘minlash masalalarini ishlab chiqadi. Bu maqsadlarga erishish uchun gigiyena o‗z oldiga quyidagi vazifalarni qo‗yadi: - atrof-muhitdagi omillarni o‗rganish va ularning odam organizmiga ta‘sir etish xususiyatlarini aniqlash; - olingan natijalarga asoslanib, odam organizmi uchun befarq bo‗lgan va uzoq muddat davomida ta‘sir etganda ham zararli ta‘sir ko‗rsatmaydigan gigiyenik me‘yorlar va reglamentlarni ishlab chiqish; - ishlab chiqilgan me‘yorlar va reglamentlarni hayotga tadbiq qilish va ularning bajarilishini nazorat qilish. Har qanday gigiyenik me‘yor yoki reglamentni hayotga tadbiq qilishni gigiyenaning muhim bir qismi bo‗lgan sanitariya muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Gigiyenaga oid vazifalarni amalga oshirishda turli usullardan foydalaniladi va bu usullar o‗zining mohiyatiga ko‗ra quyidagi guruhlarga bo‗linadi: - atrof-muhit omillarini tekshirish usullari; - sanitar tavsifiy usul; - fizikaviy usullar; - kimyoviy usullar; - biologik usullar; - fiziologik holatlarni tekshirish usullari; - ayrim organlarning funksional holatlarini tekshirish usullari; -statistik usullar. 6 Gigiyenada qo‗llanadigan usullarga keltirilgan ta‘riflar bilan tibbiy-biologik va boshqa fanlar hamda sohalarga doir tekshirish usullarisiz birorta ham gigiyenik vazifani to‗laqonli hal etish mumkin emasligini ko‗rsatadi. Gigiyenaning zamonaviy muammolari: -atrof-muhitning o‗zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me‘yorlashtirish; -aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash; -urbanizatsiyaga taalluqli bo‗lgan muammolarni hal etish; -sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirish bo‗yicha tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xo‗jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqish; -qishloq gigiyenasi muammolari; - bolalar va o‗smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‗lgan muammolar; - aholi o‗rtasidagi xavfli o‗sma kasalliklari, yurak-qon-tomir tizimi kasalliklarining darajasini kamaytirish tadbirlari. Hozirgi kunda O‗zbekistonda mavjud bo‗lgan sanitariya nazoratining tarkibi qayta o‗rganilib chiqilmoqda. Respublikamizdagi hamma sanitariya- epidemiologiya xizmati qayta ko‗rish konsepsiyasi yuzaga keldi. Masalan, O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni Saqlash Vazirligi qoshidagi yangicha nomlangan Davlat sanitariya-epidemiologiya Departamenti, Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi. Har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida sog‗liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‗nalishlarning birligi turishi muqarrar. Bu degani, provizor-farmatsevt uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‗lib qolmog‗i kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling