Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Profilaktikasi. Dalada qor ostida qolib ketgan donlarni ovqatda iste‘mol 
qilmaslik kerak. G‗allani yig‗ish va almashtirish punktlari tashkil qilinadi. Qishda 
qolib ketgan don boshoqlari bo‗lgan dalani erta haydash tavsiya etiladi. 
 
O„rov kasalligi (Kashin-Bek kasalligi) 
(Kashin-Bek kasalligi) O‗rov kasalligi sobiq ittifoqda uzoq Sharqda va 
Sharqiy Sibrda va Zabakayl o‗lkalarida endemik holda uchraydi. Kasallik birinchi 
marta 1869 yilda N.N.Kashin va 1906 yilda E.V.Bek tomomnidan Janubiy 


39 
Sibirning O‗rov daryosi atrofida vodiyda yashovchilari orasidan topilgan. SHuning 
uchun ham kasallikka O‗rov kasalligi yoki «Kashin-Bek» deb nom berilgan. 
Bu kasallikkda suyakning o‗sishi susayadi natijada oyoq va qo‗l suyaklarining 
qisqarishiga olib keladi. 
O‗rov kasalligi mahalliy don o‗simliklarining fuzarium sporotrixella 
turkumidagi toksik zamburug‗lardan zaralanish tufayli kelib chiqadi. Ikkinchi 
nazoratga ko‗ra O‗rov kasalligi tuproqda suv xavzalarida oziq-ovqat 
mahsulotlarida ichimlik suvida kalsiy darajasi past bo‗lgan holda stronsiy miqdori 
ortiqcha bo‗lganda stronsidraxiti toksikozi sifatida avj oladi. 
2.5.Gen-modifikatsiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari va ularning 
organizmga ta‟siri to„g„risida ma‟lumotlar. 
Hozirgi kunda yangidan yangi texnologiyalar va yangi oziq-ovqatlar ishlab 
chiqarilmoqda, bu esa xar xil kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo‗lmoqda va 
ko‗plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuni aytish joizki, qishloq xo‗jaligi 
va oziq-ovqatlarni qayta ishlash texnologiyalarini globallashuv jarayoni sababli
o‗simlik va xayvonlarni genetik jixatdan o‗zgartirilishi katta o‗zgarishlarga olib 
kelmoqda. 
Oxigi paytlarda ifloslangan oziq-ovqatlardan zararli infeksiyalar keng 
tarqalmoqda, bularning oldini olish uchun Butun Dunyo Sog‗liqni Saqlash 
Tashkiloti o‗z e‘tiborini shu masalalarga qaratgan.
Xavfsiz oziq-ovqat tayyorlash va iste‘mol qilish uchun 10 ta qoida ishlab 
chiqilgan. 
1. Xavfsizlik uchun oziq-ovqat yaxshisini qayta tanlang. 
2. Oziq-ovqatlardan sabzavotlarni ko‗proq tanlash. 
3. Yangi pishirilgan oziq-ovqat iste‘mol qilish. 
4. Yangi pishirilgan oziq-ovqatni maxsus idishlarda saqlash. 
5. Pishirilgan ovqatlarni me‘yorda isitish. 
6. Xom va pishirilgan oziq-ovqat o‗rtasida chegara saqlash. 
7. Qo‗llarni yuvish. 
8. Barcha oshxona tozaligiga sinchiklabqarash. 


40 
9. Hasharotlar, kemiruvchilar va boshqa hayvonlardan oziq-ovqatni himoyalash. 
10. Toza suvdan foydalanish. 
Amerika Qo‗shma Shtatlarida davlat va mahalliy tashkilotlar tekshirish, 
nazorat ostiga olish va monitoring qilishni o‗z zimmasiga oladi. Bular o‗z 
huquqidan kelib chiqqan xolatda restoranlar, chakana oziq-ovqat sotadigan 
muassasalar, 
don 
maxsulotlari 
bilan shug‗ullanuvchilar va oziq-ovqat 
muassasalarini tekshiradi. Ularning maqsadlari oziq-ovqat maxsulotlarini 
xavfsizligini tekshirish va ulardan to‗g‗ri foydalanish, ularni chakana va ulgurji 
savdoga chiqarish va marketing sohasini nazoratga olishdan iborat. Bu vazifalarni 
bajarishda maxsulotlarni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash usullarini tekshirish, 
eksertiza qilishni tashkillashtirish va oziq-ovqat muassasalarni letsenziya uchun 
ruxsat berish. Ishlab chiqarishda va qayta ishlashda har bir joyda oziq-ovqatni 
tekshirish va tarqatish imkoniyati mavjuda emas. SHu tufayli imtiyozli qoidalarga 
rioya qilish kerak bo‗ladi. Uzluksiz ishlab chiqarish va ehtimoliy ishlab 
chiqarishda birinchi navbatda talablarga mos kelmaganligi uchun jarima va 
ma‘muriy javobgarlikka tortiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling