Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na‟matak damlamasida askorbin kislotani soddalashtirgan usulda aniqlash
Na‟matak damlamasini tayyorlash:
Na‘matak mevalari vitamin ―S‖ va ―R‖ ning tabiiy manbai hisoblanadi. Qizil rangdagi quritilgan meva 15,0 gramm gacha askorbin kislotasini tutadi. Damlama tayyorlash uchun 20 gramm tozalangan mevani 1 stakan suvga mo‗ljallanadi. Uni sovuq suvda chayib havonchada yaxshilab maydalanadi. So‗ng qaynoq suv bilan 10 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatilgandan keyin shu idishning o‗zida 2-3 soat tindiriladi. Mis temir idishlar qaynatish uchun yaroqsizdir, chunki ular askorbin kislotasining oksidlanishida katalizator vazifasini o‗taydi. Olingan damlamani qalin mato yoki paxta orqali filtrlanadi. 1 kun mobaynida qabul qilingan damlamaning miqdorini uning tarkibidagi askorbin kislotasining miqdoriga qarab belgilanadi. Taxminan bir kun mobaynida ¼ yoki ½ stakandagi damlama iste‘mol qilinishi mumkin. 43 Damlamani maydalangan na‘matak mevalaridan tayyorlash ham mumkin. Buning uchun mevadan 20 gr tortib olinib sovuq suvda chayiladi, 1 stakan qaynoq suv solinib 20 daqiqa davomida qaynatiladi va 24 soat tindirilib qo‗yiladi. Qabul qilishdan oldin damlama suziladi. Na‘matak damlamasini sovuq sharoitda 2 kungacha saqlash mumkin. Na‟matak damlamasida askorbin kislotani soddalashtirgan usulda aniqlash 10-12 ml na‘matak damlamasining tarkibidagi vitamin S ning faolligiga qarab 2% -li xlorid kislota eritmasida 5-10 karra suyultiriladi. Olingan eritmani (1-2 ml) yassi tubli qolipga solinadi. Qolipga esa undan oldin 2 % li 1 ml xlorid kislota va shuncha disterlangan suv quyilgan qolipdagi eritmasini aralashtirib 0.5-1 daqiqa maboynida rangsizlanmaydigan och pushti rangga kirguncha 0.001 ni -2.6 dixlorofenalindifenol eritmasi (Tilmans reaktivi) bilan titrlaymiz. Askorbin kislota miqdori quyidagi formula yordamida hisoblanadi X =A x K x V – 0.88 x 100/Rmg % bu erda: X- milligramm % lardagi askorbin kislotaning miqdori. A- titrlash uchun sarflangan 0.001ni 2;6 dixlorofenolindifenolning o‗rtacha miqdori. K-2.6 dixlorofinolindifenol eritmasining titriga to‗g‗rilash koeffitsienti. 0,88 –1 ml. 0.001 ni 2;.6 dixlorofinodifenolga muvofiq keltirilgan askorbin kislotaning ml.dagi miqdori . 100-askorbin kislotaning %lariga o‗tkazish uchun hisoblash soni R-aniqlash uchun olingan na‘matakning gramm miqdori a-titrlash uchun olingan filtrning miqdori (ml) 2% li NSl bilan suyultirilgan filtrning miqdori. Gipovitaminozli holat organizmni yuqumli kasalliklarga tez beriladigan qilib qo‗yiladi. Hozirgi davrda qish va bahor fasllaridagi gripp kasalligining epidemiya holida tarqalishini organizmning ―S vitaminiga‖ chanqoqligi etishmasligi bilan ifodalanishi mumkin. SHuning uchun shu fasllarda organizmning ―S‖ vitamini bilan ta‘minlanganligini nazorat qilib turish katta ahamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling