Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 
 
 
 
 
 
 
IV BOB. DORIXONA GIGIYENASI. 
4.1. 
Dorixona loyihasi, qurilishi va jihozlanishiga qo„yiladigan gigienik 
talablar

Dorixona sog‗liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi, u davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, 
sanitariya va boshqa tibbiyot mollari bilan o‗z vaqtida ta‘minlaydi. Tayyorlash va 
saqlashda gigienik rejimlarga qattiq rioya qilish zarur. 
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigienik tekshiruvlarning 
natijasiga ko‗ra, dorixonaga qo‗yiladigan gigienik talablarni o‗rganish ishning 


92 
asosiy 
maqsadi 
hisoblanadi. 
Dorixonada 
sanitar-gigienik 
talablarining 
buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab chiqarish omillarining dorixona 
ishchilariga ta‘siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlashdan 
iborat. Dorixona ishchilariga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad bo‗lib 
hisoblanadi. 
Dorixonaga qo‗yiladigan gigienik talablar 
SanQ va M № 0337-16 
―Dorixonalarni joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar 
qoida va me‘yorlari ‖ va SanQ va M № 0319-15 ―Dorivor moddalarni va tibbiyot 
uchun mo‗ljallangan buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish, jixozlash va 
ekspluatatsiya qilish bo‗yicha sanitar qoida va me‘yorlari‖da keltirilgan bo‗lib 
bular quyidagilardan iborat

– dorixona er maydoniga gigienik talablar
– dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga 
qo‗yiladigan gigienik talablar; 
– xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‗yiladigan 
sanitariya talablari
– tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va 
jo‗natishga qo‗yiladigan sanitariya talablari; 
– dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‗yiladigan gigienik 
talablar; 
– steril dori shakllarini tayyorlashga qo‗yiladigan gigienik talablar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling