Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


 Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

4.2. Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va 
ishlab chiqarish omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi. 
Dorixonada provizor va farmatsevt xodimlarining ishi ish faoliyatining 
murakkab va jiddiy turiga kiradi. Dorixona ishchilari tashqi muhit omillari, katta 
asab-psixologik aktivlik, kam qizg‗in mehnati va noqulay mikroiqlim sharoiti 
ta‘siriga uchraydilar. Dorixona ishchilarining mehnat faoliyatining jismoniy 
to‗plami o‗rta og‗irlik chegarasidan o‗tmaydi, lekin ko‗zni zo‗riqishi, muammoli 
masalalarni hal etishdagi asab-hayajonlanishining ortishi (bemorlar bilan aloqada 
bo‗lish, standartga to‗g‗ri kelmaydigan yozuvlar yordamida alohida dorilarni 
tayyorlash, tayyorlangan dorilarning sifatiga javobgarlikni) bu mutaxassislikka 
katta diqqatni talab qiladi.
Birinchi tekshiruvlarda dorixonadagi mehnat sharoiti gigiyenik tavsiyanoma 
shuni ko‗rsatadiki, havosi yomon almashadigan, havo biologik aktiv moddalarga 
to‗yingan yopiq xonalarda uzoq vaqt qolishi natijasida organizmga salbiy ta‘sir 
ko‗rsatishi aniqlandi. Bajarilayotgan ishga katta ruhan javobgarligi ishlab chiqarish 
operatsiyalarini aniq, tez bajarilishi bilan bog‗liqligi va kuchli asab zo‗riqishi 


98 
kuzatildi. Gigiyenistlar dorixona ishchilarining salomatligidagi barcha o‗zgarishlar, 
ish qobiliyatining va ishlab chiqarish jarayonining samaradorligini pasayishi dori 
tayyorlangandagi sanitariya-gigiyena rejimini buzilishi bilan bog‗liqligini 
aniqladilar. 
Sanitariya gigiyena sharoitini buzilishi natijasida ammiak eritmasini, 
novshadil-anis tomchisi va boshqalarni qadoqlashda dorixona xonalari havodagi 
gazsimon moddalar aniqlandi. Ish zonasidagi havoda ammiak miqdori REK ancha 
ortishi, uning bug‗lari qo‗shni xonalarda tarqalganligi aniqlandi. Dori changlari, 
ayniqsa murakkab kukunsimon aralashmalarni tayyorlashda assistentlar, 
materiallar xonasi havosida aniqlanadi. 
Mikroiqlim sharoitlarini o‗rganilayotganda dorixonaning ko‗pgina xonalarida 
mikroiqlimni buzilishi aniqlandi. Bundan tashqari dorixona ishchilari shovqin va 
ishlab chiqarish muhitining boshqa omillari ta‘siriga uchrashi mumkinligi 
kuzatildi. 
Shunday qilib, dorixona sharoitida dori preparatlarini tayyorlash jarayonida 
sanitariya rejimini buzilishi va gigiyename‘yorlariga rioya qilinmasligi natijasida
ishchilarga ishlab chiqarish muhitidagi noqulay omillar ta‘sir etishi mumkin. Bular 
ichida asosiysi bo‗lib quyidagilar hisoblanadi: dori preparatlarining changi, toksik 
gaz va bug‗lar, mikroiqlim sharoiti, shovqin, mikrob omillari va boshqalar. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling