Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Yorug„likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o„lchov


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Yorug„likni xarakterlaydigan asosiy miqdorlar va ularning o„lchov 
birliklari 
Yorug‘likning kuchi. Turli manbalarniig yorug‗liklari har xil spektrlarga ega 
bo‗lgani uchun sifat jihatdan va yorug‗lik sistemasiga ko‗ra miqdor jihatdan farq 
qilishi mumkin. Yorug‗lik kuchi shamlar bilan ifodalanadi. Bu birlikning qiymati 
platinaning qotish temperaturasidagi to‗la nurlatgichning ravshanligi 1 sm

ga 60 sb 
ga baravar deb qabul qilinadi. 


112 
Ravshanlik. Ravshanlik ko‗z bevosita sezadigan yorug‗lik miqdoridir. 
Ravshanlik miqdori nur sochib turgan yuza birligining mazkur yo‗nalishda 
yarqirayotgan yorug‗lik oqimi zichligi bilan belgilanadi. Ravshanlik nitlar (nt) va 
stilblar (sb) bilan ifoda etiladi. 
Binolarning tabiiyyorug„lik bilan yoritilganlik darajasini belgilab 
beradigan omillar 
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilganlik darajasi quyidagi omillarga 
bog‗liq. 
Yorug„lik iqlimi. Quyosh nurlarining intensivligi joyning geografik 
kengligi, quyoshning nechog‗li baland turganligi, havoda bulut bor-yo‗qligi va 
atmosfera havosining nechog‗li musaffoligiga qarab o‗zgarib turadi. Tabiiy 
yorug‗lik bilan yoritilish darajasining mazkur joyda kun soatlari va yil oylari sari 
o‗zgarib turishi o‗sha joyning yorug‘lik iqlimideb ataladi. Qurilishni 
loyihalashtirishda yorug‗lik iqliminiig shart-sharoitlari hisobga olinadi: shu 
sharoitlarga qarab binolar hammadan qulay qilib (kungay tomonga yoki terskay 
tomonga qaratib) solinadi, deraza o‗rinlari va normal yorug‗ tushib turishi uchun 
zarur deraza yuzalari shu sharoitlarga qarab tanlanadi va olinadi. 
Derazalarning orientatsiyasi. Derazalarning kunga yoki teskari tomonga 
qaragan bo‗lishi binolarning tabiiy yorug‗lik bilan yoritilishiga katta ta‘sir 
ko‗rsatadi. Binolarning kunga tomonga nisbatan to‗g‗ri qurishni derazalar orqali 
xonalarga tik quyosh nurlari tushib turishiga imkon beradi, bu 

sog‗lomlashtiruvchi kuchli omildir. 
Turarjoy binolarida gigiyena nuqtai nazaridan har bir xonaga tik quyosh 
nurlari tushadigan va yilning har qanday faslida ham xonaga imkoni boricha 
uzoqroq oftob tushib turadigan bo‗lishi zarur deb hisoblamoq kerak. 
O‘z-o‗zidan ravshanki, binoni qaysi tomonga qaratib qurish kerakligini 
aniqlashda iqlim xususiyatlarini hisobga olmoq lozim: bir tomondan xonalarga tik 
quyosh nurlari etarlicha tushib turadigan bo‗lishi, ikkinchi tomondan esa yilning 
issiq faslida xonalarning ortiqcha qizib ketishiga yo‗l qo‗yilmaydigan bo‗lishi 
kerak. Mo‗tadil iqlimda (45° shimoliy kenglikdan shimolroqda) turarjoy 


113 
xonalarining derazalari janubi-sharq, janubga qarab turadigan bo‗lsa, hammadan 
qulay xisoblanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling