Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 Deraza oynalarining sifati va ularga qarab turish. Odatdagi deraza 
oynasida talaygina miqdorda temir (asosan Fe
2
O
3
), titan, xrom va boshqa 
elementlarning rangli birikmalari bo‗ladi. Bu birikmalar derazalarning oynasidan 
xona ichiga tushadigan yorug‗lik miqdorini kamaytirib qo‗yish bilangina qolmay, 
balki, engmuhimi, quyosh nurining to‗lqin uzunligi 300 mmk dan kam bo‗ladigan 
biologik jihatdan eng aktiv qismini ushlab qoladi va derazadan o‗tkazmaydi. 
Deraza bir qavat bo‗lsa,oyna orqali yorug‗lik o‗tkazish koeffitsienta 10—15% ga, 
qo‗sh qavat bo‗lsa, 25% gacha kamayadi. 
Xonalarga ultrabinafsha nurlar tushib turishini ko‗paytirish uchun maxsus 
uviol oynalar ishlatiladi. Bunday oynalarni tayyorlashga ketadigan materiallarga 
maxsus ishlov beriladi, shuning natijasida rangdor G‗e
2
O
3
aralashmalarining 
miqdori 0,01~0,02% gacha kamayadi (odatdagi oynada 0,1 — 1%). 
Ifloslangan 
oynalar 
va 
qish 
vaqtida 
xona 
havosidagi 
namning 
kondensatsiyalanishi natijasida muz bilan qoplanib qoladigan oynalar binolarning 
yoritilganlik darajasini ancha pasaytiradi. 
Kondensatsiyalanadigan suvning sovuq deraza yuzida muzlab qolishiga yo‗l 
qo‗ymaslik uchun qo‗sh qavat romlar orasiga suv yo‗tadigap materiallar (masalan, 
sulfat kislota yoki kuydirilgan ko‗mir) qo‗yiladi (deraza oynalarning orasidagn 
bo‗shliq shamollatiladi yoki isitiladi). 
Bino devorlarining rangi. Qora ranglar yorug‗likni yutishi, och ranglar esa 
qaytarishi (aks ettirishi) ma‘lum. Oq rangga bo‗yalgan devorlar ularga tushadigan 
nurlarning 80% ga yaqinini qaytaradi, sariq rangi 40% ga yaqinini, ko‗k rang 25% 
ga yaqinini va jigar rang 13 % qaytaradi. 
Yorug„likni to„sib qo„yadigan buyumlar. Xonadagi buyumlar (derazaga 
qo‗yilgan gullar, deraza pardalari va b.), shuningdek, derazasi oldida turgan 
narsalar (baland daraxtlar, binolar va boshqalar)yorug‗likni to‗sib qo‗yishi 
mumkin. Chunonchi, derazalarga tutiladigan to‗r pardalar 40% gacha va bundan 
ortiqroq yorug‗likni yutib qola oladi. Yorug‗lik to‗silib qolmasligi uchunbinoning 


114 
tashqarisida, derazalar oldida turadigan narsalar kam deganda o‗zining bo‗yiga ikki 
baravar keladigan masofada derazalardan nari bo‗lishi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling