Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Xonalarning eni (chuqurligi). Xonaga yorug‗lik tik derazalar orqali bir yon 
tomondan tushadigan bo‗lsa, derazadan uzoqlashilgan sayin yorug‗lik 
darajasikamayib boradi. Xonaning derazali devoridan eng uzoqdagi qismlariga 
ham yaxshiroq yorug‗ tushadigan bo‗lishi uchun derazalarning ustki chetlarini 
imkoni boricha yuqoriroq ko‗tarish kerak. 
Yorug‗lik xonaning bir yon tomonidai tushadigan bo‗lsa, xonaning chuqurligi 
(derazali devorning ro‗parasidagi devorgacha bo‗lgan masofa) poldan derazaning 
yuqori chetigacha bo‗lgan masofadan ikki baravar ortiqroq bo‗lishi kerak deb 
hisoblanadi. Chunonchi, derazalarniig ustki chetlari poldan 3,5 m balandda 
turadigan bo‗lsa, xonaning chuqurligi 7 dan ortmasligi kerak. 
Ravshanki, yorug‗lik ikki tomonidan yoki bir yon tomoni hamda tepasidan, 
ya‘ni aralash tushadigan xonalarga bu qoidani tadbiq qilib bo‗lmaydi. 
Derazalarning yorug„lik tushadigan yuzasi. Xonalarning yoritilishi 
derazalarning oyna bilan qoplangan (yorug‗lik tushadigan) yuzasining katta-
kichikligiga, ya‘ni yorug‗lik tushadigan yuzalarning yig‗indisiga bog‗liqdir. 
Yorug‗lik tushadigan joylarning etarli-etarlimasligi to‗g‗risida yorug‗lik 
koeffitsienti miqdoriga qarab fikr yuritiladi. 
Tabiiy yorug„lik bilan yoritilish me‟yorlari. 
Xonaning tabiiy yoritilganligini gigienik nuqtai nazardan baholashda yorug‗lik 
koeffitsientini (YoK), yorug‗lik tushish burchagi, burchak teshigi va tabiiy 
yorug‗lik koeffitsienti (TYoK) ni aniqlash muhim ahamiyatga ega. 
Yorug„lik koeffitsienti (YoK) deb yorug‗lik tushadigan derazalar yuzasining 
xona poli maydoniga bo‗lgan nisbatiga aytiladi. U oddiy nisbat bilan belgilanadi, 
ya‘ni kasrning sur‘atiga oyna yuzasining sathi, maxrajga esa polning yuzasi. Kasr 
surati 1 ga tenglashtirib olinadi, buning uchun kasrning maxraji sur‘atida turgan 
songa bo‗linadi. 
Turarjoy va jamoat binolarida yorug‗lik koeffitsientining miqdori xonalarning 
vazifasiga qarab 1/2 dan 1/5 gacha bo‗ladi. Yorug‗lik koeffitsienti qurilishni 


115 
loyihalashda ahamiyatga ega, lekin xonalarning tabiiy yorug‗lik bilan qanchalik 
yoritilishini etarli darajada ta‘riflab berolmaydi, chunki yorug‗lik darajasi 
derazalarning yorug‗lik tushadigan yuzi bilan xona poli maydoni o‗rtasidagi 
nisbatigagina bog‗liq bo‗lmasdan, balki ob-havo sharoitlari, xonalarnipg 
o‗lchamlari o‗rtasidagi nisbatlar, yorug‗lik tushadigan joylarning shakli va 
konstruksiyalari hamda yuqorida aytib o‗tilgan boshqa omillarga ham bog‗liq 
bo‗ladi. 
Binolarning tabiiy yorug‗lik bilan qanchalik yoritilishini tabiiy yorug‗lik bilan 
yoritilish koeffitsienti (TYoK) ta‘riflab beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling