Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Sun‟iy ventilyasiya. Havosi chang, zaxarli va zararli moddalar bilan
ifloslangan xonalarda, shuningdek ortiqcha issiqlik yoki namlik bor manbalar bor xonalarda xamda odam ko‗p bo‗lgan xonalarda tabiiy yo‗l bilan shamollatish kifoya qilmaydi. Shunday xollarda xonalarni sun‘iy yo‗l bilan shamollatadigan uskunalar o‗rnatiladi. Sun‘iy yo‗l bilan shamollatish tashqi havo temperaturasi va havo xarakat tezligining o‗zgarishlariga bog‗liq bo‗lmaydi. Ventilyasiya sistemasining havo o‗tadigan yo‗llarida havo mexanik yo‗l bilan (ventilyatorlar) yoki issiqlik ta‘siri bilan (havoni tortuvchi kanalda isitish) xarakatlanadi. Mexanik ventilyasiya olib keluvchi havoni avvaldan tayyorlab beradi. (tozalab,sovitib, isitib yoki namlab) va atmosfera havosiga chiqarishdan avval xam havo zararli omillardan tozalanadi. Sun‘iy yo‗l bilan shamollatish sistemasi markaziy va mahalliyga bo‗linadi. Markaziy - butun binoga xizmat qiladi, mahalliy esa manbaning tepasiga o‗rnatiladi. Sun‘iy ventilyasiya tizimi: a) olib keluvchi b) olib ketuvchi d) keluvchi - ketuvchi bo‗lishi mumkin. Havo berib shamollatishda ventilyator yordami bilan bino ichiga yangi havo tortiladi, iflos havo esa tabiiy yo‗l bilan xonadan chiqib ketadi. Havo tortib shamollatishda iflos havo binodan mexanik yo‗l bilan yoki issiqlik ta‘sirida chiqarib tashlanadi, yangi havo esa binoga tabiiy yo‗l bilan kiradi. Ishlab chiqarish sharoitlarida –issiq sexlarda – meteorologik shart-sharoitlarni yaxshilash uchun muayyan ish o‗rinlarida havo beruvchi mahalliy ventilyasiyadan – havo dushlaridan foydalaniladi. Havoni tortib shamollatiladigan mahalliy ventilyasiyalar havoga chang, zaxarli va zararli moddalar, ortiqcha issiq va nam chiqadigan joylarga o‗rnatiladi ( murili shkaflar, soyabonlar va b.). Xam havo berib, xam tortib shamollatish sistemasining quyidagi elementlari bor: a) havoni qabul qilish qismi; 109 b) changdan tozalash inshoatlari; v) havoni isitadigan yoki sovutadigan uskuna; g) havoni namlash uskunasi; d) dvigatelli ventilyatorlar; e) havo beradigan va tortadigan kanallar (havo yo‗llari) bilan xonadagi teshiklari; j) chiqarilgan havoni korxona changi, bug‗ va gazlardan tozalash uskunasi. Bu sistemada eng muhim narsa havo olinadigan joyni to‗g‗ri tanlashdir ya‘ni havo buzilmaydigan joyga o‗rnatish, havoni buzadigan manbalarga nisbatan olganda shamolga ro‗para o‗rnatish kerak xamda atrofiga daraxtlar ekish maqsadga muvofiqdir. Havo kiradigan teshiklar erdan kamida 2 m yuqorida bo‗lishi kerak. YOg‗inlardan saqlash uchun havo kiradigan teshiklarga panjara yoki soyabonli to‗r tutish lozim. Binoga havo beradigan yo‗llar, ular orqali o‗tadigan havo o‗z xossalarini o‗zgartirib qo‗ymasligi uchun, qisqaroq va devorlari silliq xamda tozalash uchun oson bo‗lishi kerak. Havo yo‗llari tuproqdan o‗tgan bo‗lsa, devorlari suv va havo o‗tkazmaydigan bo‗lishi lozim. Beriladigan havoni mexanik aralashmalardan tozalash uchun changni cho‗ktiradigan kameralar yoki filtrlar ishlatiladi. Yilning sovuq paytlarida xonalarga beriladigan havo isitilgan bo‗lishi kerak. Havo maxsus asboblar kaloriferlar bilan isitiladi. Zaruriyat tug‗ilganda xonaga beriladigan havo sovutilgan bo‗lishi kerak. Past temperaturalarda tashqi havoda suv bug‗lari odatda arzimas miqdorda bo‗lgani uchun havo isitilganida va issiqlikdan xajmi kengayganida nisbiy namligi juda kamayib qoladi. Havoning nisbiy namligini etarli darajaga keltirish uchun uni namlash usulidan foydalaniladi. Havoni namlash uchun bug‗lantiruvchi asboblar qo‗llaniladi yoki namlash kameralarida suvni purkash usulidan foydalaniladi. Havo yo‗llarining ichki yuzasi silliq bo‗lishi kerak, tozalash oson bo‗ladi va havo o‗tishiga ko‗rsatadigan qarshiligi kamayadi. Bir xil maqsadga xizmat qiladigan xonalardan havo tortuvchi kanallarni umumiy sistemaga birlashtirsa 110 bo‗ladi. Inson yashaydigan xonalarning havo tortuvchi yo‗llarini oshxona, xojatxona va boshqalardan chiqadigan havo yo‗llari bilan birlashtirish yaramaydi. Sun‘iy ventilyasiya tizimining eng murakkablashgani berilgan harorat va havo namligi parametrlariga avtomatik boshqarish yordamida yutiladigan havoni konditsirlash. Ventilyasion tizimning mahalliy va markaziy turlari bo‗ladi. Havoni konditsirlash texnikasining tug‗ilishi XX asrning boshlari hisoblanadi. Havoni konditsirlash termini 1904-yil S. Kramer tomonidan taklif qilingan. Konditsionerlar havoni mexaniq aralashmalardan tozalab, uni isitadi yoki sovutadi, xonaga beriladigan havo namligini oshiradi yoki kamaytiradi va ularga muayyan tezlik bilan havo berib turadi. Xonalarda havo almashinuvi sifatini, uning tarkibida karbonad angidrid gazining miqdoriga qarab baholash mumkin. Turar joylarni loyixalash va xonalarni shamollatishni hisobga olganda, SO 2 ning 0,1% miqdori hisob-kitob ko‗rsatkichi hisobida qabul qilingan. Havoning almashinish karraligi deb , shu xona havosining 1 soat mobaynida necha marta to‗liq almashinishiga aytiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling