Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Apteka xonalarining sun‟iy yoritilganligi (SanP i N UzR № 0337-16)
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3.Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi sabablari va aniqlash usullari.
Apteka xonalarining sun‟iy yoritilganligi (SanP i N UzR № 0337-16)
Xonalar Ish joy yuzasi, lk YOrug‗lik manbai YOrug‗lik me‘yorlashtiriladigan tekislik 1. Sotuv zali va xodimlar xonasi 150 l.l.** G*-0.8 2. Retsept bo‗limi, tayyor dori moddalari bo‗limi ***, optika 300 l.l. G-0.8 3. Assistentlar xonasi***, aseptik xona***, kimyo-analitika xonasi***, qadoqlash***, defektor xonasi*** 500 l.l. G-0.8 4.Sterilizatsiya qilish va yuvish xonasi 150 75 l.l. l.n. Pol 5. Dori preparatlarini, bog‗lov materiallarini va toza idishlarni saqlash xonalari 150 75 l.l. l.n. V-1.0 stellajda 6 Kislota, dezinfeksiyalovchi moddalar, yonuvchi va oson yonuvchi materiallar ombori 75 30 l.l. l.n. Pol 7. Idishlar (tarы) ombori 10 l.n. Pol * G – gorizontal yuza ; V – vertikal yuza.** l.l. - lyuminessentlampa; l.n. – cho’g’lanmalampa.*** Xonani maxalliy yoritish uchun talab qilinadigan shtepsel rozetkasi. 121 5.3.Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi sabablari va aniqlash usullari. Aptekalarda havoning bakterial ifloslanishi (mijozlar va ishchilar xisobiga) katta axamiyatga ega, chunki personalning har xil infeksiyalar bilan zararlanishiga va mikroblarning dori vositalariga tushishiga sabab bo‗ladi. Dorivor preparatlarga tushgan mikroflora uning fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga, terapevtik faolligining pasayishi, saqlash muddatining kamayishi, kasalliklar kelib chiqishi va asoratlarga olib keladi. Intensiv ravishda bakterial ifloslanish savdo zalida, yuvish va qo‗shimcha xonalarda kuzatiladi. Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi manbalari. Mikrozarrachalarni xodimlar, to‗suvchi konstruksiyalar, asbob-uskunalar ajratadi, ular toza xonaga atrof-muhitdan olib kiriladi. O‗rtacha hisobda toza xonada mikroiflosliklarning 70- 80 foizi odamlarga, 15-20 foizi – asbob-uskunalarga, 5-10 foizi – atrof muhitga to‗g‗ri keladiToza xonada iflosliklarinng asosiy manbasi- odam. Bu odamning terisi tuzilishi va uning o‗zgarishi dinamikasi bilan izohlanadi. Odam terisi tashqi qoplami o‗lchami 1 mkm dan o‗nlab mkmlargacha plastinkalar (tangachalar)dan iborat. Ular teri yuzasidan muntazam tarzda ajraladi, bir necha kun ichida teri qoplamasi to‗liq yangilanadi. Ajralganda ular yanada mayda zarrachalarga parchalanadi. Tinch, harakatsiz holatda odam 1daqiqadao‗lchami 0,5 mkm atrofida taxminan 200 mingta zarracha ajratadi. Tananing ozgina harakati va kiyimning ishqalanishi ham zarrachalarning ajralishini 1 daqiqadabir necha milliongacha oshirib yuboradi. Intensiv harakat qilganda daqiqasiga taxminan 10 mln zarracha ajraladi. O‗rtacha yiliga 3,5 kg yoki kuniga 10 g ajraladi. Ko‗pchilik tibbiy preparatlar – in‘eksion va infuzion preparatlar, ko‗z tomchilari, shilimshiq qavatlarning steril uchastkalariga yoki teridagi ochiq yaralarga suriladigan mazlar, kremlar, emulsiyalar steril bo‗lishi, ya‘ni har qanday mikroorganizmlardan holi bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlar, shuningdek tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar (kateterlar, qon quyish tizimlari, dializatorlar, gemo- va plazmofiltrlar va h. k. ) sifatini ta‘minlash 122 farmatsevtika va tibbiyot sanoatining murakkab muammolari bo‗lib, ancha katta sarf-xarajatlarni taqozo etadi. Biologik kelib chiqqan aksariyat preparatlar esa – vaksinalar va zardoblar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar, gormonal preparatlar, interferonlar, qon o‗rnini bosuvchilar o‗ramada- sterillash usullariga dosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday preparatlarni ishlab chiqarish bosqichlarining katta qismida aseptika va sterillik sharoitlarini yaratish, shuningdek suyuqliklarni sterillovchi filtrlashdan foydalanish talab etiladi. Steril mahsulotning har ikkala turi toza xonalarda ishlab chiqarilishi zarur, ularga talablar JMP koidalarida keltirilgan Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling