Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Apteka xonalarining sun‟iy yoritilganligi (SanP i N UzR № 0337-16)


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Apteka xonalarining sun‟iy yoritilganligi (SanP i N UzR № 0337-16) 
Xonalar 
Ish joy 
yuzasi,
lk 
YOrug‗lik 
manbai 
YOrug‗lik 
me‘yorlashtiriladigan 
tekislik
1. Sotuv zali va xodimlar xonasi 
150 
l.l.** 
G*-0.8 
2. Retsept bo‗limi, tayyor dori 
moddalari bo‗limi ***, optika 
300 
l.l. 
G-0.8 
3. Assistentlar xonasi***, aseptik 
xona***, kimyo-analitika xonasi***,
qadoqlash***, defektor xonasi*** 
500 
l.l. 
G-0.8 
4.Sterilizatsiya qilish va yuvish 
xonasi 
150 
75 
l.l. 
l.n. 
Pol 
5. 
Dori preparatlarini, bog‗lov 
materiallarini va toza idishlarni 
saqlash xonalari 
150 
75 
l.l. 
l.n. 
V-1.0 
stellajda 

Kislota, 
dezinfeksiyalovchi 
moddalar, 
yonuvchi 
va 
oson 
yonuvchi materiallar ombori 
75 
30 
l.l. 
l.n. 
Pol 
7. Idishlar (tarы) ombori 
10 
l.n. 
Pol 
G – gorizontal yuza ; V – vertikal yuza.** l.l. - lyuminessentlampa; l.n. – 
cho’g’lanmalampa.*** Xonani maxalliy yoritish uchun talab qilinadigan shtepsel rozetkasi


121 
5.3.Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi sabablari va aniqlash 
usullari. 
Aptekalarda havoning bakterial ifloslanishi (mijozlar va ishchilar xisobiga)
katta axamiyatga ega, chunki personalning har xil infeksiyalar bilan zararlanishiga 
va mikroblarning dori vositalariga tushishiga sabab bo‗ladi. Dorivor preparatlarga 
tushgan mikroflora uning fizik-kimyoviy xossalarining o‗zgarishiga, terapevtik 
faolligining pasayishi, saqlash muddatining kamayishi, kasalliklar kelib chiqishi va 
asoratlarga olib keladi. Intensiv ravishda bakterial ifloslanish savdo zalida, yuvish 
va qo‗shimcha xonalarda kuzatiladi.
Xonalar havosini mikroblar bilan ifloslanishi manbalari. Mikrozarrachalarni 
xodimlar, to‗suvchi konstruksiyalar, asbob-uskunalar ajratadi, ular toza xonaga 
atrof-muhitdan olib kiriladi. O‗rtacha hisobda toza xonada mikroiflosliklarning 70-
80 foizi odamlarga, 15-20 foizi – asbob-uskunalarga, 5-10 foizi – atrof muhitga 
to‗g‗ri keladiToza xonada iflosliklarinng asosiy manbasi- odam. Bu odamning 
terisi tuzilishi va uning o‗zgarishi dinamikasi bilan izohlanadi. Odam terisi tashqi 
qoplami o‗lchami 1 mkm dan o‗nlab mkmlargacha plastinkalar (tangachalar)dan 
iborat. Ular teri yuzasidan muntazam tarzda ajraladi, bir necha kun ichida teri 
qoplamasi to‗liq yangilanadi. Ajralganda ular yanada mayda zarrachalarga 
parchalanadi. Tinch, harakatsiz holatda odam 1daqiqadao‗lchami 0,5 mkm atrofida 
taxminan 200 mingta zarracha ajratadi. Tananing ozgina harakati va kiyimning 
ishqalanishi ham zarrachalarning ajralishini 1 daqiqadabir necha milliongacha 
oshirib yuboradi. Intensiv harakat qilganda daqiqasiga taxminan 10 mln zarracha 
ajraladi. O‗rtacha yiliga 3,5 kg yoki kuniga 10 g ajraladi.
Ko‗pchilik tibbiy preparatlar – in‘eksion va infuzion preparatlar, ko‗z 
tomchilari, shilimshiq qavatlarning steril uchastkalariga yoki teridagi ochiq 
yaralarga suriladigan mazlar, kremlar, emulsiyalar steril bo‗lishi, ya‘ni har qanday 
mikroorganizmlardan holi bo‗lishi lozim. Ishlab chiqarilayotgan tibbiy preparatlar, 
shuningdek tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar (kateterlar, qon quyish 
tizimlari, dializatorlar, gemo- va plazmofiltrlar va h. k. ) sifatini ta‘minlash 


122 
farmatsevtika va tibbiyot sanoatining murakkab muammolari bo‗lib, ancha katta 
sarf-xarajatlarni taqozo etadi. Biologik kelib chiqqan aksariyat preparatlar esa – 
vaksinalar va zardoblar, fermentlar, aminokislotalar, antibiotiklar, vitaminlar
gormonal preparatlar, interferonlar, qon o‗rnini bosuvchilar o‗ramada- sterillash 
usullariga dosh bera olmaydi. Shuning uchun bunday preparatlarni ishlab chiqarish 
bosqichlarining katta qismida aseptika va sterillik sharoitlarini yaratish
shuningdek suyuqliklarni sterillovchi filtrlashdan foydalanish talab etiladi. Steril 
mahsulotning har ikkala turi toza xonalarda ishlab chiqarilishi zarur, ularga talablar 
JMP koidalarida keltirilgan 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling