117
Xonalarning insolyasiya tartibining turlari
Jadval 5.2
Insolyasiya
tartibi
Orientatsiya
Insolyasiyani
vaqti
Xona
yuzasini
Insolyasiyasi (%)
Maksimal
Janubiy,
Sharqiy
Janubiy-G‗arbiy
5-6 soat
80%
O‗rtacha
Janubiy,
Sharqiy
3-5 soat
40-50%
Minimal
Shimoliy-Sharqiy
Shimoliy-G‗arbiy
3 soatdan kam
30% kam
Binolar g‗arb tomonga qaratilganda insolssiya tartibi turli bo‗ladi.
Davomi
bo‗yicha u o‗rtacha, havoni isitish bo‗yicha esa u maksimal
insolyasiya tartibiga
to‗g‗ri keladi.
Sun‟iy yorug„lik bilan yoritishga qo„yiladigan gigiyenik talablar
Sun‘iy yorug‗lik manbalari xonalar xamda ulardagi ishchi o‗rinlarining
etarlicha va bir tekis yoritilishini ta‘minlab beradigan bo‗lishi kerak. Sun‘iy
yorug‗lik bilan yoritishning ikki sistemasi tafovut qilinadi:
umumiy yoritish va
aralash yoritish sistemasi aralash yoritishda umumiy yoritish manbaiga qo‗shimcha
qilib mahalliy yorug‗lik qo‗shiladi.
Ish o‗rinlarining yoritilishi, ish vaqtida ko‗z o‗tkirligi, mayda detallarni farq
qilish tezligi xamda doim ravshan ko‗rishni etarli ta‘minlab berishi kerak.
Yorug„likni ko„rish a‟zolari faoliyatini baholash
Qarama-qarshi kontrast sezuvchanlik. Bironta buyumni ko‗rish
uchun u
ravshanligi hamda rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishi kerak.
Buyum
ravshanligi va rangi bilan boshqa buyumlardan farq qilishini ko‗z ajrata olsa, unga
kontrast sezuvchanlik chegarasideyiladi.
Ish joylarining bir tekis yoritilmasligi tufayli, yorug‗lik bir xil tushmasligidan
har xil soyalar paydo bo‗lib, ish qobiliyati pasayadi. SHu bois ish joyini to‗g‗ri
yoritish zarur.