Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Ko‘z o‘tkirligi deb ko‗zning mayda detallarni ajrata olish xususiyatiga 
aytiladi. Ko‗z o‗tkirligi ko‗zdan kechirilayotgan ikki ob‘ektni alohida-alohida deb 
idrok etish uchun ketadigan eng kam vaqt oralig‗i bilan ta‘riflanadi. 
Farq qilish tezlig deb ko‗zning detalni ko‗ra olishi xamda shaklini aniqlay 
olishi uchun sarflanadigan eng kam vaqtga aytiladi. 
Doim ravshan ko‘rish ko‗ruv analizatorining ko‗zga chalingan detallarni aniq 
holda uzoq saqlab qolish xususiyatini ta‘riflab beradi. Ko‗zning bu funksiyasi ko‗z 
bilan ko‗rib qilinadigai ishni bajarishda muhim axamiyatga ega bo‗ladi va ko‗p 
jihatdan ish qobiliyatini belgilaydi. 
Sun‟iy yoritish manbalari va uni baholash usullari 
Standartlar bo‗yicha eritilganlik nazorat nuqtalarida o‗lchanadi: xona 
O‗rtasida, devor enlarida, eritgichlar ostida, ularni o‗rtalarida va qatorlari orasida 
o‗lchanadi. Kontrol (nazorat) nuqtalari soni 5 tadan kam bo‗lmasligi kerak. 
Me‘yordagi shartli ish yuzalarida eki amaldagi ish yuzalarida o‗lchash o‗tkazish 
mumkin. O‗lchashni o‗tkazishdan avval barcha kuygan lampochkalarni yangisiga 
almashtirish kerak. Su‘niy eritilganlik qorong‗i paytda o‗lchanadi (tabiiy yoritilish 
aralashganligi 0.1 dan oshmasligi kerak). Mahalliy va umumiy eritilish manba‘lari 
bo‗lganda avval umumiy eritgichlar ostida, keyin mahalliy eritgichlar eqiladi va 
ular tagida o‗lchaniladi, o‗lchanganlar natijalari yig‗indisi ishlatiladi. 
Sun‘iy yoritilganlik bir qancha omillarga bog‗liq bo‗ladi, xonaning kattaligi 
(o‗lchamlari), foydalanilgan chiroqlarning turi, quvvati va soniga, ularning sozligi, 
osilish balandligi, tozaligi, armaturalarning turi, xonadagi yuzalarning nurni 
qaytarish xususiyatiga bog‗liq bo‗ladi. Xonalarning sun‘iy yoritilish xolatini 
baxolashda birinchi navbatda yuqoridagi xamma omillarni tavsiflash kerak bo‗ladi. 
Sun‘iy yoritilganlikka quyidagi gigienik talablar qo‗yiladi: 
- yoritilish etarli bo‗lishi; 
- tushayotgan nurlar tarqoq bo‗lishi; 
- ish joyidagi yoritilganlik bir tekis va keskin ko‗lankalarsiz (soyalarsiz) 
bo‗lishi kerak. Ko‗lankalar tushganda ish qobiliyati pasayadi va yoritilganligi 


119 
bo‗yicha keskin farq qiladigan bir yuzadan ikkinchisiga qaralganda ko‗zning 
moslashuvi tez bo‗lganligi sababli ko‗zning toliqishi kuchayadi. 
Yorug‗lik manbalari va yuzalar odamning ko‗ruv maydoniga tushib, ko‗zni 
qamashtiradi va funksiyasini buzadi. Juda ravshan Yorug‗lik manbalari va yuzalar 
ko‗zdan yosh oqizadi va hatto og‗riq sezgisini paydo qiladi. Ko‗z yordamida 
zo‗riqib ishlashda yoritilish etarlicha bo‗lmaganda kishida, ayniqsa bolalarda yaqin 
masofadan ko‗ra olmaslik rivojlanadi. Turar joy xonalarida o‗rtacha yoritilganlik 
30-50 lyuksdan kam bo‗lmasligi, o‗qish va yozishda ish joyidagi yoritilganlik esa 
150-300 lyuksdan kam bo‗lmasligi kerak (sinflar uchun). 
Hozirgi vaqtda yorug‗lik manbalari sifatida cho‗g‗lanma va lyuminitsent 
lampalardan foydalaniladi. Cho‗g‗lanma lampalarda issiqlik energiyasi yorug‗lik 
energiyasiga aylanadi. Lyuminitsent lampa oddiy shishadan yasalgan simob 
bug‗lari va argon to‗ldirilgan naychadan iborat. Spektrning xilma xilligi 
lyuminitsent lampalarning gigienik afzalliklaridan xisoblanadi. Lyuminitsent 
lampalar gigienik jixatdan afzalroqdir, chunki tarqoq, bir tekkisda yorug‗lik beradi, 
ko‗zni qamashtirmaydi, kam elektr energiyasi sarflaydi, uzoq muddat ishlaydi. 
Lekin ularning qo‗shimcha salbiy xususiyatlari bor, ya‘ni tovush chiqaradi. 
Bundan tashqari nur chiqaradigan yuzasi katta bo‗lgan lyuminitsent lampalar 
ko‗lanka hosil qilmaydigan yumshoq tarqoq yorug‗likni vujudga keltiradi. 
Sun‘iy yoritish manbai sifatida lyuminetsent lampalar cho‗g‗lanma 
lampalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega: 
1) bir xil quvvatda cho‗g‗lanma lampalarga nisbatan 2 barobar yorug‗lik ko‗p 
ajratadi 
2) uning spektri quyosh spektriga yaqin 
3) oz yorug‗lik quvvatini talab qilish bilan ifodalaniladi 
4) keskin soyalar hosil qilmaydi 
5) to‗g‗ri rang o‗tkazishni ta‘minlaydi 
Xonalarda bir vaqtda lyuminetsent lampalar bilan cho‗g‗lanma lampalarni 
birgalikda ishlatishga ruxsat etilmaydi. 


120 
Sun‘iy yoritilganlik ish joylarida gorizontal tekislikda lyuksmetr bilan 
aniqlanadi. 
Agar aniqlash kunduzi olib borilsa, avval aralash yoritilganlik (sun‘iy va 
tabiiy yoritilganlik), so‗ngra tabiiy yoritilganlik aniqlanadi. 
Xonaga kerakli lampalar miqdorlarini aniqlash uchun, uning solishtirma 
quvvatiga qarab hisob qilinadi. Solishtirma quvvati - bu lampalar umumiy 
quvvatining pol yuzasiga bo‗lgan nisbatidir (Vt/m
2
). Lampa solishtirma 
quvvatining kattaligi lampaning jihozlanishiga, balandligiga, pol sathiga va shu 
xonada (bajariladigan ishga qarab) kerak bo‗lgan yoritish miqdoriga bog‗liq. 
Xonaga kerakli lampalarning miqdorini aniqlash uchun solishtirma quvvatini 
xona sathiga ko‗paytirib, 1 ta lampaning quvvatiga bo‗linadi (SK-300 lampada-300 
Vt, SHOD-2-80-100 Vt, SHOD-2-40 da 80 Vt).
Jadval 5.3. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling