Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Tabiiy yorug„lik koeffitsienti (TYoK) xonalarning tabiiy yoritilganligini 
baholashda asosiy ko‗rsatkichdir.
Tabiiy yorug„lik koeffitsienti deb xona yorug‗ligining (XYo) bir vaqtda tashqi 
yorug‗likka, ya‘ni osmondan to‗g‗ri tushayotgan tabiiy yorug‗likka (TYo) bo‗lgan 
nisbatining foiz ifodasidagi qiymatiga aytiladi, uni topish uchun: 
TYoK = xona yorug‗ligi 100 / tashqi yorug‗lik 
Ish joyidagi va tashqaridagi yorug‗lik lyuksmetr yordamida bir vaqtda aniqlanadi.  
Tushish burchagi va teshik burchagini yasash yo‗li bilanishchi yuzalarining 
tabiiy yorug‗lik bilan nechog‗lik yoritilganligi to‗g‗risida tasavvur hosil qilsa 
bo‗ladi. 
Yorug„lik tushish burchagi, bu burchak ikkita o‗tkazilgan chiziqdan hosil 
bo‗ladi, bundan biri gorizontal yo‗nalgan aniqlanishi kerak bo‗lgan sathdan (stol 
sathidan) oyna romining past qismigacha yo‗naltirilgan, ikkinchisi o‗sha sathdan 
romning tepa qismigacha yo‗naltirilgan chiziq. Yorug‗lik tushish burchagini 
aniqlash uchun stol balandligi aniqlanib, gorizontal yo‗nalishda romning quyi 
qismidan ish joygacha bo‗lgan oraliq hamda romning vertikal balandligida 
aniqlanadi. 
Gorizontal va vertikal chiziqlar kichiklashtirilgan holda qog‗ozga tushuriladi, 
oxirgi nuqtalar diagonal S holatda birlashtiriladi. 
Bu ko‗rsatkich 27
0
dan kam bo‗lmasligi kerak. 


116 
Yorug„lik 
tushish 
tuynugi 
o‗tkazilgan ikkita chiziqdan hosil 
bo‗ladi, yuqorida tushiriladigan 
chiziq xuddi yorug‗lik tushish 
burchagidek ish joyidan romning 
tepa 
qismigacha, 
ikkinchisi-
pastdagi chiziq ish joyidan uy 
qarshisidagi soya beruvchi bino 
yoki daraxtning tepa qismigacha 
o‗tkazilgan chiziq.
Yorug‗lik tushish tuynugini aniqlash uchun ish joyidan uy qarshisidagi bino yoki 
daraxtdan tushayotgan soyaning tepa qismi ikkinchi shaxs tomonidan qo‗lini 
ko‗targan holda ifodalanib, ish joyigacha chiziq tushiriladi. So‗ngra romning tepa 
qismidan ish joyigacha tushirilgan chiziq bilan birlashtiriladi, oldingi burchakdan 
foydalanib, vertikal ko‗rsatkich a dan a
1
aniqlanadi. Yorug‗lik burchaklari - γ 
transportini S chizig‗i bo‗ylab qo‗yib aniqlanadi.
Insolyasiya – bu xonaning quyosh nuri bilan ta‘minlanishini va xonaga deraza 
nur o‗tkazuvchi qismi orqali quyosh nurining to‗g‗ri tushishidir. Insolyasion tartib 
kun davomida quyosh nuri bilan ta‘minlanishi, yorug‗lik o‗tkazuvchi moslamalar 
orqali o‗tayotgan nurlanish issiqligining miqdori va xonaning quyosh nurlari 
tushuvchi Insolyasiya maydoni bilan baholanadi. 
Insolyasion tartib maksimal, o‗rtacha, minimal bo‗lishi mumkin, va u 
binolarning (xonalarning) orientatsiyasiga bog‗liq. Insolyasion tartibni aniqlash 
uchun kompas yordamida xona, bino orientatsiyasini aniqlash lozim bo‗ladi, 
so‗ngra jadval bo‗yicha insolyasion tartib turini aniqlash lozim bo‗ladi. 
Insolyasiya tartibining 3 turi quyidagi jadvalda ko‗rsatilgan. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling