Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

I BOB. RADIATSION GIGIYENA 
6.1. Radiatsiya to„g„risida tushuncha 
Radiatsion gigiyena- bu ionlovchi nurlanishni inson organizmiga salbiy 
ta‘sirini shart-sharoitlarini o‗rganadigan va ionlovchi nurlarni organizmga salbiy 
ta‘sirini bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadigan fan 
hisoblanadi. 
Radiatsion gigiyenaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
-xalq xo‗jaligi sohalarida qo‗llaniladigan ionlovchi nurlanish manbalari turlari 
va qo‗llash sharoitlari bilan tanishish; 
-nurlanishni turiga, dozasiga, nurlanish vaqtiga va boshqa radiologik 
tomonlariga bog‗liq bo‗lgan nurlanishni salbiy ta‘sirlarini aniqlash; 
-radiatsion nurlanishdan himoya qilishni sanitariya me‘yor va qoidalarini 
ishlab chiqish; 
-amaliy faoliyat yuritayotgan ishchilar o‗rtasida radiatsion xavfsizlik, uni 
sanitariya me‘yorlari va qoidalarini tatbiq qilish. 
Radiaktivlikni ochilish tarixi 
Nemis fiziki Vilgelm Kondrad Rentgen 1895 yil 8 noyabrda o‗zining 
laboratoriyasida qorong‗ida bariyning ko‗kimtir platinali kristallariga yaqin joyda 
ko‗kimtir nur taralayotganini topadi. Olimning aniqlashicha, bu katodga oid nur 
tarqatadigan kruksovoy trubka yaqinida joylashgan elektr toki bilan bog‗liq edi. 
Necha marta tokka ulanilgan bo‗lsa, shuncha marta yorug‗lik sezildi, lekin katod 
nurlari ko‗rinmas nurlar bo‗lganligi uchun bu yorug‗lik yangi ma‘lum bo‗lmagan 
nur bo‗lishi mumkin edi. Rentgen bu nurlarni X-nurlari deb nomladi. Germaniya 
olimlari buyuk kashfiyot oldida hayajonda qoldilar va bu nurlarni rentgen nurlari 
deb atashni taklif qildilar. Bu nurlarni o‗ziga xos xususiyatlari shundan iborat 
ediki, bu nurlar o‗ralgan qora qog‗oz, insonni yumshoq to‗qimalari va hamma 
predmetlar orqali o‗tar edi. V. K Rentgen bu kashfiyoti uchun 1901 yilda nobel 
mukofotiga sazovor bo‗ldi. 1896 yilda fransuz olimi Anri Bekkerl bir necha kun 
oldin uran rudasi bo‗lagi bilan tasodifan bir joyda yotgan fotoplastinkani olib 


129 
keladi. Bu plastinka olib kelinganiga qadar kassetada bo‗lishiga qaramay kuygan 
edi. 
Radiaktivlik bu ba‘zi bir kimyoviy elementlarning yadrolarini ixtiyoriy 
ravishda parchalanishi oqibatida atrof muhitga turli nurlanishlarning tarqalishidir. 
Bu nurlanishni tashqi muxit bilan o‗zaro ta‘siri har xil belgili ionlarni hosil 
bo‗lishiga olib keladi va shunga bog‗liq holda bu nurlar ionlovchi nurlar deb 
aytiladi. 
Ionlovchi radiatsiya–bu shunday radiatsiyaki o‗zaro ta‘sir qiluvchi atomlarni 
ionlashga etarli bo‗ladigan energiyaga ega bo‗ladi. 
Ionlantiruvchi nurlar: alfa, beta, gamma, neytron, rentgen nurlari. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling