Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Doza, doza birliklari. Doza deb nurlanayotgan modda massa birligida 
yutilgan nur energiyasining miqdori tushuniladi. Rentgen va gamma nurlar 
manbasini tavsiflash (xarakteristikasi) uchun «ekspozitsion doza» degan tushuncha 
kiritilgan. 
Ekspozitsion doza deb nur dastasi o‗tayotgan havo hajmi yoki massa birligida 
yutilgan energiya miqdoriga aytiladi. Bu «havo dozasi» deb ham aytiladi. Uning 
birligi qilib Rentgen (R) olingan. Uning ulushlari: mR –millirentgen va mkR – 
mikrorentgen. Rentgen – 1 sm

havoda, normal atmosfera sharoitlarida (0
o
S, 760 
mm.sim.ust.) zaryadlarining yig‗indisi 1 elektrostatik birlikga teng ion xosil qila 
oladigan nur miqdoriga aytiladi. SI sistemasi bo‗yicha ekspozitsion doza birligi 
qilib Kl/kg olingan uning rentgenga nisbati quyidagicha 1 R=2,58

10
–4
Kl/kg. 1 R 
nurlanish 1 g havoda 85 erg nurlanish energiyasining yutilishiga teng. 
To‗qimalarda yutilgan doza rad va Gr (Grey) (SI sistemasida) larda 
o‗lchanadi. 1 Gr = 100 rad.1 rad – 1 g to‗qimada 100 erg nurlanish yutilishiga teng. 
To‗qimalarda yutilgan doza muhitning kimyoviy tarkibi, zichligi va nurining turiga 
bog‗liq holda havo dozasidan farq qiladi. 
Nurlanishning ekvivalent dozasi– standart tarkibdagi biologik to‗qima uchun 
nurlanishning yutilgan dozasining nurlanishning o‗rtacha sifatkoeffitsientiga 
ko‗paytmasi. Ekvivalent doza radiatsion havfsizlikda odamni 250 MeV/yil dan 
oshmaydigan kichik dozalar bilan surunkali nurlashda turli xil IN larning biologik 


132 
ta‘sirining zararli effektlarini hisobga olish uchun ishlatiladi. 1 rentgen nur 
chaqiradigan o‗zgarishlarga ekvivalent doza - ber (biologicheskiy ekvivalent 
rentgena) deyiladi. CI birliklarida ber - Zivert (Zv) deb nomlangan. 1 Zv = 100 
ber. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling