Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Havoning takroriy almashinuvini aniqlash


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Havoning takroriy almashinuvini aniqlash. 
Xona havosining har bir soatda tashqi atmosfera havosi bilan almashinuvi har 
bir soat necha marotaba bo‗lishini quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu formulada 
P- xona havosining takroriy almashinuvi; o‗lchov birligi marta soat 
O - bir soatda xona havosi m
3
havo chiqadi, yoki bir soatda necha m
3
toza 
atmosfera havosi xonaga kiradi (m
3
/ soat) 
K - xonaning hajmi (m
3

Ventilyasion sistemalar samarali ishlashlarini baholash. 
Xonalarda ventilyasiya sistemasining ishiga ob‘yektiv baho berish uchun 
quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Q = U • v• 3600 (t
g
 soat) 
Bu erda, 


111 
Q - izlanayotgan havoning hajmi (m
3

U - ventilyator teshigidagi kelayotgan yoki ketayotgan havoning yurish tezligi 
(m/sek ), anamometr bilan aniqlanadi. v - ventilyasion teshikning sathi (m
3

5.2.Yoritilganlik va unga qo„yiladigan gigiyenik talablar 
Yorug„likningg igiyenik ahamiyati 
Organizmga ta‘sir qiladigan tashqi muhit omillari orasida yorug‗lik dastlabki 
o‗rinlardan birini egallaydi. Yorug‗lik ko‗ruv organiga ta‘sir qilibgina qolmay, 
umuman butun organizmga ham ta‘sir ko‗rsatadi. Yorug‗lik ta‘siri ostida 
organizmning fiziologik va psixik reaksiyalari qayta tuziladi, organizmning 
umumiy tonusi o‗zgarib, u faol holatga o‗tadi. 
Tabiiy yorug‗likning organizmdagi xilma-xil jarayonlarga ta‘sir ko‗rsatib, 
o‗sishni tezlashtirishi, moddalar almashinuvi protsesslarini jonlantirishi, gazlar 
almashinuvini kuchaytirishi aniqlangan. Yoritish sharoitlari yaxshi bo‗lmasa, 
odamning umumiy kayfiyati, ruhiyati yomonlashib, jismoniy va aqliy qobiliyati 
pasayib qoladi. Yaxshi yorug‗ tushib turmasligi tufayli ko‗zga doim zo‗r kelishi 
oqibatida maktab o‗quvchilari ko‗zining yaqindan ko‗radigan bo‗lib qolishini F. 
Erisman 1870 yildayoq ishonarli qilib isbotlab bergan edi. 
Quyosh nuri spektri tarkibiga kiradigan ultrabinafsha nurlarning bakteritsid 
ta‘siri gigienik jixatdan alohida ahamiyatga egadir. Ultrabinafsha nurlar ta‘siri 
ostida bakteriyalarning rivojlanishi susayib qoladi, bu nurlar etarlicha uzoq ta‘sir 
ko‗rsatib turganida esa, bakteriyalar halok bo‗lib ketadi. 
Tabiiy va sun‘iy yorug‗likning etarli darajada tushib turishi 
sog‗lomlashtiruvchi va madaniy ishlar orasida katta ahamiyatga ega. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling