V
BOB. Ventilyasiya va yoritilganlikning gigiyenik asoslari
5.1Ventilyasiya va uning gigiyenik ahamiyati
Ishlab chiqarish ventilyasiyasi (havo almashtirish) sanitariya –texnik
tadbirlarga kiradi va ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirishni
ta‘minlovchi choralar sistemasida etakchi o‗rinlardan biriga ega. Uning yordamida
ko‗p xollarda optimal yoki yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan mehnat sharoitlarini
ta‘minlanishiga erishilmoqda. Turar joy va jamoat binolarida havo almashinuvini
to‗g‗ri tashkillashtirish xonadagi havoning ifloslanishiga qarshi ko‗rashning eng
asosiy sharoiti hisoblanadi. Bundan tashqari, ventilyasiyaning ahamiyati shundan
iboratki, u binoni saqlashda va namlik rivojlanishidan ogohlantiradi.
Ventilyasiya jihozlariga va tizimiga quyida gigigiyenik talablar qo„yiladi:
-havo harorati va namligini komfort ushlab turish;
- kuchli va noxush havo harakati tezligiga yo‗l qo‗ymaslik;
- havodagi turli gaz va bug‗ aralashmalarini va begona hidlarning
to‗planishidan ogohlantiradi;
- yil davomida to‗xtovsiz ta‘sir ko‗rsatadi;
- detallarning kichik gabaritliligini ta‘sirining shovqinsiz sozlash va
tozalashning engilligi.
Ventilyasiyaning etarligini baholashda CO
2
ning miqdorining ortishi bilan
parallel ravishda metabolizmning gaz va bug‗simon mahsulotlari ammiak,
oltingugurt vodorodi, indol, merkapton va boshqalarning to‗planishi bilan birga
boradi. Havoda ularni aniqlash esa birmuncha qiyinchiliklar tug‗diradi. Turar joy
xonalari va kishilar to‗planadigan boshqa joylar havosida SO
2
miqdori 0,07% dan
oshmasa, odatda unda havo buzilmaydi. Havoda SO
2
miqdorining 0,1% oshishi
xonaning etarlicha shamollatilmaganligini ko‗rsatadi. Xonaga vaqt birligida berish
zarur bo‗lgan shamollatuvchi havo miqdori bir qancha omillarga - xona xajmiga,
kishilar soniga, bajariladigan ish turiga, xona havosidagi zararli moddalar
miqdoriga bog‗liq.
105
Do'stlaringiz bilan baham: |