Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

4.3. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi. 
Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish har bir inson uchun albatta 
bajarilishi va norma bo‗lishi lozim. Dorixona xodimlarining shaxsiy 
gigiyenaqoidalariga rioya qilishi katta ahamiyatga ega, chunki sanitariya 
qoidalarini buzilishi dorixona ichidagi infeksiyaning tarqalishi va dorilarni 
ifloslanishiga olib keladi. Bundan tashqari dorixona xodimlarining tashqi 
ko‗rinishi, kiyim va qo‗llarining tozaligi, soch turmaklashi, gigienik bilimlarga 
amal qilishi sanitariya oqartuvida katta rol o‗ynaydi. Dorixona xodimlarining 
xaridorlar bilan bo‗lgan muomalasi, gapirish madaniyati namunali bo‗lishi kerak. 
Dorixona xodimi ish vaqtida doimo xalatda va bosh kiyimda (ro‗mol yoki 
qalpoq) bo‗lishi kerak. Shuning uchun u uchta xalat va uchta bosh kiyimi bo‗lishi, 


99 
kamida ikki marta almashtirishi, sochlarini bosh kiyim ostiga olishi, qo‗llarini 
sovunlab va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan yuvishi lozim. Xalat va shaxsiy 
kiyimlar alohida saqlanishi lozim. Dorixona xodimlari ishga kelganlarida oyoq 
kiyimlarini almashtirishlari lozim. 
Dorixona 
xodimlari 
hojatxonaga 
kirayotganlarida 
xalatni 
yechishi, 
chiqqandan so‗ng qo‗llarni sovun, dezinfeksiyalovchi modda bilan yuvishi kerak. 
Hojatxona oldida sovuq va issiq suv keltirilgan rakovina, dezinfeksiyalovchi 
moddali eritma, elektr quritgich, xalat va sochiq uchun ilmoqcha, bularning 
hammasi hojatxonadan oldingi xonada bo‗lishi kerak. 
Xalatda ishlab chiqarish xonalaridan, dorixonadan tashqariga chiqishi, ishlab 
chiqarish xonalariga xalatsiz kirishi, dastro‗moldan tashqari begona narsalarning 
xonaga olib kirish, saqlash mumkin emas. Shkafda shaxsiy kiyim va ishlab 
chiqarish kiyimlarini saqlash ta‘qiqlanadi. 
Terining tozaligi shaxsiy gigiyenaning asosiy talablaridan hisoblanadi. 
Ayniqsa tirnoq osti tozalik holatiga e‘tibor berish lozim. 
Aseptik sharoitida dori tayyorlaydigan xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga 
rioya qilishlari lozim. Steril dorilarni tayyorlash shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya 
qilgan holatlarda tayyorlanilishi kerak. Ish vaqtida tananing barcha qismi 
yopiladigan (jarrohlik) xalat, bosh va oyoq kiyim, dokali niqob kiyilishi shart. 
Kiyimlar aseptika (shlyuz) xonasiga kirish oldida almashtirilishi kerak. 
Shu erning o‗zida Spasokukotskiy-Kochergin usulida 100 ml suv va 0,5ml 
10% ammiak eritmasi solingan ikkita sirli tog‗arachada qo‗l zararsizlantiriladi. 
Qo‗lni dokali salfetka yoki paxta bilan avval birinchi, so‗ng ikkinchi tog‗arachada 
zararsizlantiriladi. Agarda ikkinchi tog‗aradagi suv xira bo‗lsa zararsizlantirishni 
yana takrorlash lozim. Qo‗l yuvilganidan so‗ng quruq steril sochiq, so‗ng 3-5 
daqiqa 70
0
S etil spirti bilan artiladi.
Bu omillarni oldini olish uchun avvalambor ish joyini to‗g‗ri jihozlash, 
kompleks va kichik mexanizatsiyalangan texnologik va tashkiliy muhit 
ta‘minlanishini to‗g‗ri tashkil qilish kerak. Barcha kerakli jihozlar, dori tayyorlash 
uchun kerak bo‗ladigan qo‗shimcha materiallar va moddalar ortiqcha harakat 


100 
qilmaslik, osonlikcha olish uchun ish stoliga maksimal darajada yaqin joyga 
joylashtirilgan bo‗lishi kerak. Ish joyi qulay, tanani noto‗g‗ri tutishga majbur 
qilmaydigan qilib tanlanishi kerak. 
Ishda qo‗llaniladigan jihozlar va buyumlar stol ustida qulay va ratsional 
joylashtirilishi lozim. Ish jarayonida o‗ng qo‗lda olinadigan barcha narsalar (tarozi 
toshlari, ruchka va boshqalar) o‗ng tarafda joylashtirilishi kerak. Chap tarafda 
tarozi, signaturlar, dorixona shisha idishlari va boshqalar joylashtiriladi. 
Stol va stul konstruksiyasi organizmning fiziologik holatiga mos kelishi va 
ishlashga qulay bo‗lishi kerak (harakatlanadigan, aylanadigan va boshqa). 
Ish turini va faoliyatini almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. Kukunli dori 
shakllarini qadoqlashda, idishlarni to‗ldirishda, eritmalarni qadoqlashda va boshqa 
jarayonlarni qo‗l mehnati bilan bajarishni qisqartirish va iloji boricha to‗liq 
taqiqlash kerak. 
Ko‗pgina 
diqqatni 
ishlab 
chiqarish 
jismoniy 
mashgg‗ulotlarga, 
mikrotanaffusga, tana holatini o‗zgartirishga, mehnatning ilmiy elementlarini 
kiritishga qaratish lozim. Tahminiy va davriy tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish, ko‗z, 
tayanch-harakatlantiruvchi apparatlardagi o‗zgarishlar va boshqa kasalliklarni 
oldini olishga imkon beradi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling