Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik 
talablar. 
Dorixonalarning aholi yashash punktlarini tasdiqlangan general rejasi asosida 
va loyihalash proektlariga binoan joylashishi lozim. Er maydoni hajmi shahar
posyolka, qishloq aholi yashash punktlarini loyihalashtirish va qurishga asoslangan 
San Q va M (Sanitar qoida va me‘yori) bo‗limlariga muvofiq qabul qilinadi. 
Dorixona xonalarining tuzilishi va tarkibi kasb yo‗nalishi va vazifasining 
loyihasini hisobga olgan holda belgilanadi. 


93 
Dorixona sig‗imining hisob ko‗rsatkichi yillik retseptlar soni (birliklarda) va 
mahsulot ayirboshlashga (so‗mda) bog‗liq. 
Katta shaharlardagi dorixonalar asosan qo‗shimcha bino sifatida yoki 
binoning birinchi qavatiga joylashtirilib, alohida er maydoniga ega bo‗lmaydi. 
Uncha katta bo‗lmagan qishloq aholi yashash punktlarida, ishchi posyolkalarda 
dorixonalar alohida binoda joylashib, dorixona er maydoniga ega bo‗ladi. 
Dorixonalarning er maydoniga qo„yiladigan gigienik talablar. 
Dorixonalar uchun 54 m

dan kam bo‗lmagan hajmga ega bo‗lgan maydoncha 
ajratilib bunday er uchastkasi ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch 
relefli bo‗lishi kerak, qisman og‗ishmaga ega bo‗lgan va janubga qaragan 
maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu nafaqat qulay insolyasiya sharoitini ta‘minlab 
qolmasdan, balki atmosfera yog‗inlarining tabiiy oqib ketishini ta‘minlaydi. 
Shimoliy va g‗arbiy og‗ma maydonlar dorixona qurish uchun tavsiya etilmaydi.Er 
osti grunt suvlari - er yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‗lmasligi kerak. 
Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona erto‗lasiga suv toshishi, 
devorlarda, fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‗lishiga ta‘sir ko‗rsatib, 
dori preparatlarining holati va xossasiga ta‘sir qiladi, chunki ularning ko‗pchiligi 
namlikka sezgir bo‗ladi. Dorixona er maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin 
va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal manbalar faoliyati bilan bog‗liq tashqi 
muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‗lishi kerak. Shuning uchun
dorixona maydoni salbiy ta‘sirlarga ega bo‗lgan manbalar orasida sanitariya 
himoya maydonlari bo‗lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar 
dorixonaning shamol esmaydigan (shamol guli, ya‘ni shamolning esishi) tomoniga 
joylashtiriladi. Er maydoni atmosfera havosida zararli moddalar miqdori havo 
uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak. 
Dorixona binosidan tashqari maydonda omborxona, mashinalar turar joyi, 
germitizatsiyalangan axlatxona va oqava suvlar o‗rasi bo‗lishi kerak. Dorixona 
bilan funksional bog‗liq bo‗lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish 
ruxsat etilmaydi. Markazlashgan suv bilan ta‘minlanishi mumkin bo‗lmaganda 
quvurli quduq o‗rnatiladi, agar shaxtali quduq o‗rnatilgan bo‗lsa Sanitariya 


94 
epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat‘iy nazorat qilib borish, 
quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai 
va quduq orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‗lmasligi kerak. Dorixonada 
kommunikatsiya o‗rnatishning iloji bo‗lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv 
o‗tkazmaydigan o‗rali hojatxona joylashtiriladi. Dorixona er maydonining 15-25% 
qurilish binolari va 50% dan kam bo‗lmagan qismi ko‗kalamlashtirilgan maydonga 
to‗g‗ri kelishi kerak. Yuk tushirish maydonchasi va qulay kirish yo‗lakchalarini 
qurilishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling