Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik 
talablar. 
Xo‗jalik hisobidagi dorixonalarning xonalari to‗rtta guruhga bo‗linadi: ishlab 
chiqarish, qo‗shimcha, ma‘muriyat va sanitar maishiy. Ishlab chiqarish xonasi o‗z 
navbatida steril bo‗lmagan dorilarni tayyorlash uchun xona (assistentlar, qadoqlash 
analitik-provizor xonasi, yuvish, distillangan suv olish va sterilizatsiya xonalari) va 
aseptik sharoitda dori tayyorlash xonasi (shlyuzli defektal xonasi va shlyuzli 
aseptik xona, distillyasion-sterilizatsiya xonasi) xonalariga bo‗linadi. Xo‗jalik 
hisobidagi dorixonalarda xona maydoni va to‗plami SanQ va M (SanPiN) 
№ 0337-
16 
asosida talab qilinadi. 
Gigiyenik jihatidan dorixonalarda sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimga 
rioya qilishda xonalarning o‗zaro joylanishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun 
dorixonaning barcha xonalari koridor orqali o‗zaro ichki aloqaga ega bo‗lishi, 
bundan tashqari dorixona mudirining xonasi sotuv zali bilan chambarchas 
bog‗liqlikka ega bo‗lishi kerak. Faqat retseptura bilan assistentlar xonasi, assistent 
xonasi bilan provizor-analitik xonasi, omborxona bilan sotuv zalida bo‗lgan mos 
bo‗limlar (tayyorlangan dorilarni, tayyor dori shakllarini sotadigan bo‗lim) o‗zaro 
bog‗liq bo‗lishlari mumkin. Dori preparatlarini saqlaydigan omborxonasi o‗tish 
yo‗lakchasida bo‗lishi mumkin emas va ularni bo‗laklarga ajratish ruxsat 
etilmaydi. O‗simliklardan tayyorlanadigan dorilarni quritish va zararsizlantirish 
uchun xona alohida binoda joylashtirilishi lozim. 


95 
Katta shaharlardagi zamonaviy dorixonalar aseptik bloklari tarkibida shlyuzli 
deffektal xona, shlyuzli aseptik, sterilizatsiya, distillangan suvni tayyorlaydigan 
xonalari mavjud. Aseptik blokda o‗zaro bog‗liqlikka ega barcha xonalar orqali 
o‗tadigan umumiy shlyuzlari mavjud, 4, 5, 6 toifadagi dorixonalarda defektar 
xonasining bo‗lmasligi, aseptik xonasiga sterilizatsion-distillyasion xonalari orqali 
kirish ruxsat etiladi. Aseptika xonasini dorixonadagi boshqa xonalar va yo‗lakcha 
bilan bevosita bog‗liqlikda bo‗lishi ruxsat etilmaydi. 
Dorilarni tayyorlash sanitar-gigienik sharoitni maksimal darajada yaxshilashni 
talab qiladi. Ko‗chadan kiradigan chang, mikroorganizmlar, sovuq havo oqimi, 
shovqin kabi omillar dori mahsulotlarining sifatiga va dorixona ishchi 
xodimlarining salomatligiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Dorixonada ikkita kirish yo‗li bor: birinchi va ikkinchi toifadagi dorixonalarda 
ikkita eshigi bo‗lishi; uchinchi va to‗rtinchi toifadagi dorixonalarda eni 0,9 m 
bo‗lgan bir tabaqali bitta eshigi bo‗lishi kerak. Xodimlar kiradigan va dori 
mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m bo‗lishi kerak. 1- 3 iqlimli 
maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‗lishi kerak. 
Dori oluvchilar uchun kirish yo‗li himoya to‗siqlari o‗rnini bajaruvchi 
tamburlar bilan jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,2 m dan kam bo‗lmasligi, kengligi 
kirish eshigidan 1,5 marotaba kengroq bo‗lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-
biriga burchak ostida joylashgan bo‗lishi kerak, chunki sotuv zaliga sovuq havo 
kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini bir-biriga qarama 
- qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin. Kirayotgan havoning 
harorati 30-35
0
S orasida bo‗lishi kerak. 
1- 3 iqlimli bo‗limlarni isitish uchun ikkita tambur o‗rnatiladi. 1-2 toifali 
dorixonalarda kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki 
tabaqali) bo‗lishi kerak. Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali 
qutichaning bo‗lishini e‘tiborga olish lozim. 
Dorixonalarda omborxona bilan bog‗lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk 
ko‗taruvchi moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‗p bo‗lmasligi) bo‗lishi 


96 
kerak. 1-2 toifali dorixonalar xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‗lmasligi 
lozim. 
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning 
balandligiga to‗g‗ri kelishi ruxsat etiladi. Erto‗lalarning, xonalarning balandligi 2,2 
m dan kam bo‗lmasligi kerak. Erto‗la yorug‗likka sezgir, yong‗inga xavfli, kuchli 
oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. 
Erto‗ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga chiqish uchun yo‗l 
bo‗lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‗rsatkichlarga 
mos ravishda jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat 
gigienik emas, balki psixologik ahamiyatga ega ekanligini e‘tiborga olish lozim. 
Xonalardagi devorlarning yuzasi bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‗liq, 
ya‘ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalashga 
mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda (yuvish, 
distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m 
balandlikkacha yog‗li bo‗yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik 
materiallar bilan qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli 
bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Aseptik, assistentlar, provizor-analitik 
xonalarining devorlari chang to‗planmasligi uchun o‗tkir burchaklari bo‗lmasligi 
kerak. Aseptik xonaning barcha devori yog‗li bo‗yoq bilan, ship suvli bo‗yoqlar 
bilan yaxshi yuviladigan va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan 
sintetik materiallar bilan qoplangan bo‗lishi lozim. Defektar, omborxona, kiyim 
uchun mo‗ljallangan xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‗li bo‗yoqlar 
bilan, undan yuqorisi va shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Ma‘muriyat 
xonasi, yo‗lak, ishchilar xonasining shipi suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi, devorlari 
namga chidamli oboy yoki suvli bo‗yoqlar bilan bo‗yalishi lozim. Dorixonadagi 
dori tayyorlaydigan xonalarning devorlariga qo‗shimcha bezatuvchi narsalarning 
osilishi ruxsat etilmaydi, chunki ularda chang to‗planadi va tozalash vaqtida 
qiyinchiliklarni tug‗diradi. Devor va shiplardagi bo‗yoqlarning rangi ochiq tonda 
bo‗lishi kerak. 


97 
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‗lishi 
kerak. Polni parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigienik jihatdan eng qulay 
va qoplovchisi quyidagilardan iborat bo‗lishi kerak: 
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum); 
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali 
materiallar; 
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik 
material; 
- yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi, 
omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar 
poli (omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‗lishi 
kerak. Yuvish, distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi 
taxtali panjara solinishi kerak. Erto‗laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement 
bilan qoplanishi kerak. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling