Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo„llari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo„llari. 
Mikroorganizmlarning tayyor dori vositalariga tushishi yo‗llari har xil. Bular 
ishlab chiqarishda qo‗llaniladigan xom ashyo va oraliq mahsulotlar, suv va 
gazlardir. Mikrobli kontaminatsiyaning boshqa manbasi atrof-muhitdir, muhim 
manbasi – odamlar. Preparatni tayyorlash jarayonida mikrobli kontaminatsiyani 
oldini olishga qaratilgan choralar mikrobli kontaminatsiya manbasining xavf 
darajasiga mos bo‗lishi kerak. Tashqi muhitdan izolyasiyalashga tegishli filtrlar 
tizimlari bilan jihozlangan va toza xonalarda ortiqcha bosimni ta‘minlaydigan 
ventilyasiya tizimlari yordamida erishiladi. Suv va gaz ta‘minoti manbalari orqali 
mikrobli kontaminatsiyaning oldi olinishiga ushbu muhitlarni issiqlik usulida 
yoki filtrlar yordamida sterillash yo‗li bilan erishiladi. Toza xonaga kiradigan 
odam umumiy hisobda 1014 dan ortiq tirik bakterial hujayralarga ega, ularning
eng ko‗pi terida, og‗izda, ichakda mavjud. Toza xonalarda teri qoplamalari 
mikroflorasi preparat uchun katta xavf tug‗diradi, chunki ko‗pchilik bakteriyalar 
bemorlar 
uchun, 
ayniqsa 
immuniteti 
zaiflashganlar 
uchun 
patogen 
hisoblanadi.Me‘yoriy xujjatlarga ko‗ra (SanPiN 2.1.3.1375-03) havoning
tozaligiga baho berishda 1 m3 havodagi mikroblar soni bilan baholanadi. A, B va 
V sinfga mansub xonalarda Staphylococcus aureus koloniyalari, mog‗or 
zamburug‗lari va achitqilar 1 m
3
havoda aniqlanmasligi kerak.
 


123 
Sedmentatsion usul (cho‘ktirish). Bu juda oddiy usul. Ichida qattiq ozuqa 
muhiti bor Petri kosachalarini ochiq holda binoning bir necha joyiga 5-10 
minutga qoldiriladi. Havo mikroflorasi og‗irlik kuchi ostida muhit yuzasiga 
cho‗kadi. So‗ng Petri kosachalarini 48 soat 37° S temperaturada termostatga 
ko‗yiladi, keyin o‗sgan koloniyalar hisoblab chiqiladi. Bu usul mikroflora haqida 
mayda dispers bakterial aerozollar haqida to‗la ma‘lumot bermaydi, chunki ularni 
cho‗kishi havo oqimlari ta‘siriga bog‗liq. Shuning uchun bu usul havo 
mikroflorasi sifat xarakteristikasiga aniqlovchi bo‗ladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling