Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Kimyo-farmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Kimyo-farmatsevtika korxonalarida asosiy texnologik jarayonlarga 
gigiyenik ta‟rif 
Kimyo-farmatsevtika sanoatida bir nechta guruh korxonalarni farqlash 
mumkin. Ularning ichida eng asosiylari, sintetik dorivor preparatlarni 
tayyorlovchi, antibiotiklarni ishlab chiqarish bo‗yicha zavodlar va tayyor dori 
shakllari va preparatlarini ishlab chiqaradigan zavodlar hisoblanadi. 
Sintetik dori vositalarini sanoat asosida ishlab chiqarish asosida organik 
sintezlashni keng ko‗lamda qo‗llash yotadi va bu mazkur korxonalari asosiy kimyo 
sanoati korxonalariga yaqinlashtiradi. 
Antibiotiklarni ishlab chiqarish korxonalari alohida guruhni tashkil qiladi. Bu 
shu preparatlarni olishdagi asosiy texnologik jarayon biologik sintez bo‗lganligi 
bilan bog‗liqdir. 
8.2.Antibiotiklarni ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining va 
ishchilar salomatlik holatlariga gigiyenik tavsifi 
Aholini zaruriy dori vositalari bilan etarli darajada ta‘minlashdagi muhim 
vazifalardan biri kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida keng 
qo‗llanadigan antibiotiklarni ishlab chiqishni yanada kengaytirish hisoblanadi. 
Bugungi kunga kelib tibbiy korxonalarda 40 dan ortiq turdagi antibiotiklar va 100 
ortiq dori shakllari ishlab chiqarilmoqda. Ularning umumiy solishtirma og‗irligi 
tibbiyotga doir sanoat- mahsulotlari ichida 18-20% tashkil etadi. 
Antibiotiklar - mikroorganizmlar, yuqori bosqichdagi o‗simlik va
hayvonlarning hayot faoliyati jarayonida ishlab chiqariladigan va bakteritsid yoki 
bakteriostatik ta‘sir xususiyatiga ega bo‗lgan moddalardir. Bugungi kunga kelib 
dunyo miqyosida turli xildagi kimyoviy birikmalar sinfiga taalluqli bo‗lgan 500 ga 
yaqin 
antibiotiklar 
ishlab 
chiqarilmoqda. 
Antibiotiklarning 
antibakterial 
xususiyatlari tibbiyotda, xususan, yuqumli kasalliklar va yallig‗lanish jarayonlari 


158 
terapiyasi va ularni oldini olish amaliyotida keng ko‗lamda qo‗llanishi uchun asos 
bo‗ldi. 
Antibiotiklar tibbiy amaliyotda qo‗llanishidan tashqari, oziq-ovqat va sut-
go‗sht sanoatida ham keng qo‗llanadi. Ularni hayvonlar va qushlarning vaznini 
tezroq oshirish maqsadida ovqatlariga qo‗shib beriladi va x.h. 
Antibiotiklarni olishdagi texnologik jarayon shunga muvofiq jihozlarda 
ketma-ket bajariladigan bir nechta bosqichlardan iborat: a) ekish materialini 
etishtirish va antibiotiklarni biosintezlash (fermentatsiyalash); b) kultural 
suyuqliklarni birlamchi ishlovdan o‗tkazish; v) filtrlash; g) ajratish va kimyoviy 
usulda tozalash (ekstraksiya, ionalmashinish usuli, cho‗ktirish usuli); d) tayyor 
dori shakllarini tayyorlash; e) qadoqlash va idishlarga joylash. Birlamchi 
texnologik jarayonlar ekish materialini kolbalar va fermenterlarda o‗stirishga 
asoslangan (produtsent). O‗stirilgan ishlab chiqarish produtsent shtammi, uni 
yanada boyitish maqsadida maxsus apparatlar-inokulyatorlarga o‗tkaziladi. 
Inokulyatorlarda mog‗orlar, bakteriyalarni etishtirish jarayoni qattiq belgilangan 
sharoitlarda amalga oshirilib, ular isitish va sovutish tizimlari, havo berish, 
o‗stirilayotgan va boyitilayotgan massani aralashtirish uchun maxsus jixozlar bilan 
ta‘minlanadi. Shundan so‗ng produtsent fermentatsiya jarayoniga o‗tkaziladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling