Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Draje ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

7.4. Draje ishlab chiqarishdagi mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
Draje - dorivor va yordamchi moddalarni shakarli granulalarga ko‗p 
marotaba qatlamlash (drajelash) yo‗li bilan olinadigan qat‘iy dozalangan dorivor 
shakl. Dorivor va yordamchi moddalardan iborat smetanaga o‗xshash massali 
shakarli sirop yoki kraxmal kleyster yordamida avvaldan tayyorlab qo‗yadilar. 
Tabletkalarning achchiq ta‘mi yoki xidini niqoblash, tashqi ko‗rinishini jozibali 
qilish, tabletkaning tarkibiy qismlarini noqulay tashqi ta‘sirlardan himoya qilish
tabletkaning ta‘sir qiluvchi qismining oshqozonda parchalanishidan saqlash 
maqsadida ular ko‗pincha drajelanadi. Drajelash qiyshiq o‗rnatilgan elips 
shaklidagi aylanuvchi qozonlar bo‗lgan obduktorlarda (drajelash qozonlari) amalga 
oshiriladi. Obduktorga quvur o‗tkazilib, undan issiq havo yuboriladi. 
Drajelash jarayoni shunday kechadiki, dorivor shakl (tabletka, pilyulya) yoki 
shakarli granulalar obduktorga solinib, tegishli qoplovchi eritmaga botiriladi. 
Qozon aylanayotganda va bir vaqtning o‗zida issiq xavo ta‘sirida dorivor shakl 
qoplanishi va uning quritilishi ro‗y beradi. Bu bo‗limda yuqori xarorat (30
0
gacha) 
va tinimsiz shovqin asosiy ishlab chiqarish zararlari bo‗lib. ishlayotgan motorlar 
shovqin chiqaradi. Bundan ilgari, dorivor shakllar aralashtirilayotganida bir-biriga 
urilib, shovqinni kuchaytiradi. 
Uskuna ishonchli germetizatsiyalanganda va oqimli tortish ventilyasiyani 
samarali ishlatganda obduktorlar oldidagi apparatchilarning ish joylaridagi dorivor 
changtarkibi REK dan oshmaydi. Drajelash bo‗limidagi profilaktika choralari 
birinchi navbatda shovqinni yo‗qotishga qaratilishi kerak. Shu maqsadda 
obduktorlar shovqinni cheklovchi joylarga o‗rnatiladi. Issiqlik omilini bartaraf 
etish uchun obduktorga issiq havo uzatuvchi kommunikatsiya tizimlarni o‗rnatish. 
Chang chiqarish bilan kurashish uchun obduktorlar bortdagi changtortgich bilan 
jihozlanishi shart. Bundan tashqari, bo‗limda umumiy almashuvchi oqimli tortish 


153 
ventilyasiyasi zarur. Drajelash bo‗limida ishlovchilar maxsus ovqat (sut) bilan va 
shahsiy himoya vositalari bilan ta‘minlanishi shart. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling