Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Eritmani tayyorlash va ampulash. Ineksiya eritmasini tayyorlash eritmaga 
ishlov berishdan boshlanadi, suv, turli yog‗lar (shaftoli, bodom, eryong‗oq va b.), 
sintetik va yarim sintetik birikmalar eritma sifatida qo‗llaniladi. Ineksiyalar uchun 
suvga ishlov berish uning tegishli sifati, jumladan, apirogenligini ta‘minlovchi 
yuqori ishlab chiqarish distillyatorlarida amalga oshiriladi. 
Ampulalash shprits yoki vakuum usulida amalga oshiriladi: birinchidan 
ampulalarni eritma bilan to‗ldirish avtomatik ravishda shprits yordamida bajariladi. 
ikkinchisida - ularda ma‘lum chuqurliklagi vakuum yaratilib, u chiqarilgach, 
ineksiya eritmasiga botirilgan ampula uning ma‘lum xajmi bilan to‗ladi. 
Ampulalarni dorivor modda bilan to‗ldirish mukammal tozalikni talab etadi, shu 
sababli texnologik operatsiyalar, xonalarni rejalashtirish, pardozlash va tutishga 
nisbatan qat‘iy sanitariya-gigiyena talablari qo‗yiladi. Devorlarga plitka 
yopishtirilishi yoki moyli buyoq, bilan bo‗yalishi shart. Pol materiali suv


147 
dezinfeksiya vositalari, organik eriguvchilar va boshqa kimyoviy moddalar 
ta‘siriga chidamli bo‗lishi kerak. Ko‗p jixatdan uni polimer material 
(polivinilxlorid, plitkalari. relin va b.) bilan qoplash ushbu talablarga muvofiq 
keladi. Havoni tozalash (filtrlash) va uni bakteritsid lampalar yordamida 
zararsizlaptirish muhim jihatlardan sanaladi. Xonani doimiy ravishda xo‗llab 
tozalab turish zarur. Ineksiya eritmalarini tayyorlash va ampulalarni ular bilan 
to‗ldirishda ish zonasidagi havo erituvchilar va dorivor moddalar bilan ifloslanishi 
mumkin. Dorivor moddalar eritmalarini olish operatsiyalari, xususan kukuni 
dorilarni dozalash va ularni reaktorlarga ortishni qo‗lda bajarish gigienik jixatdan 
eng noto‗g‗ri xisoblanadi. Ushbu bosqichda mehnat sharoitlarini sog‗lomlashtirish 
maqsadida xavoni kimyoviy birikmalar bilan ifloslanishining oldini olishga 
qaratilgan sanitariya-gigiyena tadbirlari majmuini o‗tkazish zarur. Ishlovchilar 
shahsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi va shaxsiy ximoya vositalaridan 
foydalanishi muximdir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling