Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


VII BOB. Galen va neogalen preparatlarini ishlab chiqarishda mehnat


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

VII BOB. Galen va neogalen preparatlarini ishlab chiqarishda mehnat 
gigiyenasi 
7.1. Fitopreparatlar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigienik tavsifi 
Fitopreparatlar dorivor o‗simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki guruhga 
ajratadilar: yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar va quritilgan 
o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlar. 
Yangi uzilgan o‗simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va 
ajratmalarga bo‗linadi. 
Ularni tayyorlash chog‗ida apparaturaning germetikligi buzilgan xolda va 
ventilyasiya ishining samaradorligi past bo‗lganda ishlovchilarga ekstragentlar 
(dixloretan, efirlar, spirtlar va b.) ning bug‗lari ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Yangi 
uzilgan dorivor o‗tlarni maydalash operatsiyalarini gigienik jixatdan noqulay deb 
xisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda bo‗laklari 
nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‗llar, yuz) tushib, bunda terini 
yallig‗lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. 
Quritilgan o‗simlik xom ashsidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va 
ekstraktlar kiradi. Nastoykalar quruq o‗simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli 
yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‗lib, ular isitishsiz va ekstragensiz olib 
tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr orqali uzluksiz 
filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‗li bilan oladilar.
Ekstraktlar - quruq o‗simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan 
tortmalar, ballast moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga 
ko‗ra suyuq, quyuq va quruq ekstraktlarga ajratiladi. Ekstraktlarni olish texnologik 
chizmasida asosiy operatsiyalar quyidagilar konsetratsiyasi valeriana ildizni 
ortishdagi ifloslanish darajasidan 2-4 baravar ortiq bo‗lgan. 
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‗ra 
organizmga turlicha ta‘sir qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini 
yallig‗lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi, masalan, tarkibida atropin 
guruhidagi alkaloidlar bo‗lgan belladonna o‗tini ortishda teriga tushib, uni 


145 
yallig‗lantiradi. Uzoq ta‘sir etganda, ayniqsa ushbu o‗t yuqori nafas yo‗llari orqali 
tushganda zaxarli ta‘sir bosh aylanishi, umumiy qo‗zg‗alish, tomir urishi va nafas 
olishning tezlashishi ko‗rinishida namoyon bo‗ladi. Qizil qalampir, shalfey, va 
boshqalarning changi teriga yallig‗lantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Limonnik va 
boshqa o‗tlarning changi bilan aloqada allergik tasirlanish xillari ta‘riflangan. 
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining 
ekstragentlar va eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‗lari 
bilan ifloslanishi ro‗y beradi. Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar 
tayyorlash xonalarida etil spirti bug‗larining yuqori konsentratsiyalari aniqlandi
ularda ish zonasi xavosida olingan probalarning 20-30% ida bug‗larning tarkibi 
REMdan ortiq bo‗lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada ayrim uchastkalarda 
ishlovchilar me‘yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi mikroiqlim va 
shovqinning bir vaqtdagi ta‘siri ostida bo‗ladilar. 
Ishlab chiqarish omillarining zararli ta‘sir ko‗rsatishining oldini olishda 
shahsiy ximoya vositalari katta axamiyatga ega
. Maydalagichlar, tegirmonlar, 
elaklar, shnekli va tasmali transportyorlar va boshqa texnologik uskunalarga 
xizmat ko‗rsatuvchi ishchilar maxsus kiyim-bosh, 03-N, 03-K turidagi ximoya 
ko‗zoynaklari qo‗lqoplar, SHB-1 turidagi respiratorlar bilan ta‘minlanishi shart. 
Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‗luvchi ishchilarda A 
rusumli filtrlovchi qutichali protivogaz bo‗lishi shart. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling