146
quvurchalar - drotlardan tayyorlanadi. Dastlab drot yuviladi, so‗ngra aylana yarim
avtomatlar yoki avtomatlarga o‗rnatilib, gazli yondirgichlar yordamida undan
ampulalar olinadi. Keyingi bosqichlarda ochiq
kapillyarli vakuumli yarim
avtomatlarda yuviladi. Yanada samarali yuvish uchun so‗nggi yillarda ampulalarga
ultratovush bilan ishlov berishlari keng foydalanilmoqda. Yuvilgan ampulalarni
quritish javonlarida
issiq havoda quritib, so‗ngra ampulalarni to‗ldirish
bo‗limlariga jo‗natadilar. Tadqiqotlarning ko‗rsatishicha, bu uchastkada
ishlovchilar uglerod oksidi na yuqori harorat (280
S
gacha) ta‘siri ostida bo‗ladilar.
Ajralib chiqadigan zararli moddalarniig asosiy
manbai tabiiy gazni ampula
mashinalarini gazli yondirgichlarida yondirish jarayoni xisoblanadi.
Xonalarni tozalash qoidalari buzilganda, xususan,
ampula mashinalari
yuzasidan changni mexanik usulda va puflash yo‗li bilan ketkazishda bu davrda
shisha changi konsentratsiyasi REKdan 2 baravar va undan ortiq bo‗lishi mumkin.
Yuqoridagi ishlab chiqarishdagi zararlar bilan bir
qatorda ishlovchilar ampula
mashinalaridan chiquvchi shovqin ta‘siriga beriladilar. Bundan tashqari, drotlar va
ampulalarni yuvishda,
shuningdek, ampula mashinalariga xizmat ko‗rsatishda
shisha siniqlaridan jarohat olish xavfi yuzaga kelishini ko‗zda tutish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: