Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

7.3. Tabletkalar tayyorlashda mehnat sharoitlarining gigiyenik tavsifi. 
Tabletkalar - tayyor dorivor preparatlarning presslangan kukunlari yoki 
aralashmalaridan iborat qat‘iy dozalangan dorivor shakldir. Tayyorlash usuliga 
ko‗ra tabletkalar presslangan va trituratsion turlarga bo‗linadi. Presslangan 
tabletkalar eng keng tarqalgan. Tabletka tarkibiga dorivor moddadan tashqari 
yordamchi birikmalar ham kiradi, ular belgilanishiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi: 
- aralashtirmalar, ular tabletkaga zaruriy massa hosil qilish maqsadida 
quyiladi (kraxmal, sutli qand, lavlagi qandi, glyukoza, magniy oksidi kaolin, sorbit 
va b.); 
- parchalovchilar - oshqozon yoki ichakda tabletkaning mexanik bo‗linishini 
ta‘minlovchi birikmalar. Ularga shishish (agar-agar, jelatin va b.) yoki gaz hosil 
qilish (limonli yoki vino-tosh kislotali natriy nitrokarbonat) hisobiga tabletkani 
parchalovchi yoki namlanishni yaxshilovchi (kraxmal, tvinlar, spenlar va b.) 
moddalarning uch guruhi kiradi; 
- sirg‗anuvchi yoki moylovchi moddalar, ular tabletkaga uning sirg‗anishini 
yaxshilash uchun qo‗shiladi (kraxmal, talk, parafin, stearin kislotasi, alyuminiy 
silikati va b.); 
- granula va tabletkalarni mustaxkamligini oshirish uchun foydalaniladigan 
bog‗lovchi yoki elimlovchi moddalar (glyukoza, selliloza, algin kislotasi va 
boshqalar). 
Tabletkalarning tayyorlash uchta asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o‗z 
ichiga oladi, bular: aralashtirish, granulalash (donalash) va presslash (tabletkalash). 
Tabletkalashga mo‗ljallangan dorivor moddalar farmatsevtika zavodiga etkazib 
berilib, omborda standart o‗ramda standartlanadi. Zaruratga ko‗ra ular tabletkalash 
sexiga kelib tushadi. So‗ngra dorivor va yordamchi birikmalarini quritish, 
maydalash, elakdan o‗tkazishdan iborat materialning tayyorlanishi amalga 
oshiriladi. Bu bosqichda ishlovchilarga turli xil moddalar changi ta‘sir qiladi, 


150 
bunda nafas organlari orqali organizmga bir vaqtning o‗zida bir nechta 
moddalarning changi kirishi mumkin. 
Ingridientlari 
aralashtirish 
dorivor 
moddalar 
reglamenta 
ko‗ra 
aralashtiriladigan aralashtirgichlarda amalga oshiriladi, so‗ngra keyinchalik 
granulalash uchun zarur bo‗lgan elimlovchi modda bilan boshqa idishda 
namlanadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling