Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Granulalash - kukunga o‗xshash materialni ma‘lum hajmdagi donalarga
aylantirish. U tabletkalanayotgan aralashmaning qumoqligini yaxshilash va uning qatlamlanib qolishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Granulalashning har xil turlari mavjud: tuyish, bosish va tarkibiy granulalash. Granulalash mahsus granulyator apparatlarida amalga oshiriladi. Ko‗pincha xo‗l granulalashdan foydalaniladi, bundan so‗ng granulalar quritilishi zarur. U quritish javonlarida 30-40°S xaroratda amalga oshiriladi. Xozirgi paytda infraqizil nurlar, yuqori chastotali toklar va boshqalar yordamida quritishning turli usullaridan foydalanilmoqda. Sifatli presslashni ta‘minlash uchun olingan granulyatni maxsus upalovchi apparatda talk, kraxmal, tvin va boshqa sirpanuvchi moddalar bilan upalaydilar. So‗ngra tabletkalash mashinalarida presslash (tabletkalash) amalga oshiriladi. Tabletkalarni olish jarayoni materialni dozalash, presslash va tabletka)ni matritsadan chiqarish xamda uni qabul qiluvchiga tashlashdan iborat. Tabletkalash mashinasining asosiy detallari matritsalar (tabletka uchun silindrli teshiklarga ega po‗lat disk) va puansonlar (presslanadigan massani matritsaga chiqarish uchun xromlangan po‗latdan sterjenlar) xisoblanadi. Tabletkalash mashinalari avtomatik ravishda ishlaydi. Trituratsion tabletkalarni presslanganlaridai farqli ravishda namlangan dorivor massani maxsus shaklga ishqalash, keyin uni puanson porshenlar yordamida chiqarish va 400 0 ga yaqin haroratda quritish yo‗li bilan oladilar. Bu operatsiyalar maxsus mashinada amalga oshiriladi. Nitroglitserin tabletkalari shu usulda tayyorlanadi. Bu usul boshqa preparatlar uchun xam ishlatiladi. 151 Tabletkalash sexidagi ishning barcha bosqichlarida ishlovchilarga turli dorivor va yordamchi moddalar changi ta‘sir ko‗rsatadi. Bu tabletkalash sexining asosiy ishlab chiqarish zararidir. Aralashtirish, granulalash, granulyatni quritish va uni upalash chog‗ida eng katta chang konsentratsiyasi hosil bo‗ladi. Tabletkalash sexining o‗ziga xos jixati havoda aralash changning mavjudligi bo‗lib, bu o‗ta xavflidir, chunki bu changning ayrim komponentlari aralashgan aerozolining umumiy biologik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Quritish bo‗limidagi yuqori xarorat sababli havoga eng ko‗p chang ajralib chiqadi. Quritilgan mayda dispers chang xavoda uzoq turadi. Ishlayotgan tabletkalash mashinalarining tinimsiz shovqini va yuqori xarorat xam muxitning noqulay ishlab chiqarish omillari xisoblanib, dorivor chang bilan birgalikda bu ta‘sir yanada kuchayadi. SHu tariqa kuritish bo‗limida ishlovchilar kimyoviy va fizikaviy omillarni kompleks ta‘sirini xis etadilar. Tabletkalash sexida ishlab chiqarish zararlari ta‘sirining oldini olish maqsadida asosiy va yordamchi jarayonlarni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash, oqilona ishlaydigan maxalliy mexanik tortish ventilyasiyasini o‗rnatish zarur. Tortqich eng ko‗p chang yuzaga keladigan joylarda va avvalo aralashtirgichlar, granulyatorlar, upalovchilar, kukunlash apparatlari, tabletkalash mashinalari oldida o‗rnatilishi kerak. Uskunalarning iloji boricha to‗liq. germetizatsiyalanishiga katta e‘tibor berish zarur. Sochma moddalarni ortish, tushirish va tashish jarayonlari mexanizatsiyalanishi lozim. Quritish, presslash, granulalash va boshqa bo‗limlarda maxalliy tortma ventilyasiyadan tashqari umumiy almashtiruvchi oqimli tortish ventilyasiyasi o‗rnatilishi shart. SHovqin bilan kurashish uchun tabletkalash mashinalarining ishini takomillashtirish, xonalarni shovqin yutuvchi panellar bilan jixozlash, mashina bo‗limini sexning eng uzoq qismidagi alohida xonada joylashtirish zarur. Ishlab chiqarishda jaroxatlanishning oldini olish maqsadida tabletkalash mashinalari tegishli chegaralarga ega bo‗lishi, ishlovchilar esa xavfsizlik texnikasi bo‗yicha doimiy instruktajdan o‗tishi shart. Bundan tashqari, ular shahsiy ximoya vositalari (maxsus kiyim-boshi, ximoya qo‗lqoplari, «Lepestok», SHB-1, «Astra» 152 turidagi changga qarshi respiratorlar va b.), davolash-profilaktika oziq-ovqatlari bilan ta‘minlangan bo‗lishlari shart. Barcha ishichilar ishga kirishi chog‗ida dastlabki, keyinchalik davriy tibbiy ko‗riklardan o‗tishlari kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling