164
Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli:
“K I M K O„ P R O Q, K I M T E Z R O Q” U S U L I
Bu usul ―Miya shturmi‖ usuliga o‗xshash bo‗lib, bunda o‗qituvchi
talabalarga
mavzuga oid savol beradi. Qaysi talaba berilgan savolga javob berish uchun
birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarsa va to‗g‗ri
javobni aytsa, maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Darsga tayyor talabalar 3-5 marta birinchi bo‗lib qo‗l ko‗tarib, to‗g‗ri
javob berishsa, ular yuqori ball bilan baholanadilar.
Talabalarga mavzu bo„ycha quyidagi muammoli savollar berilishi
mumkin:
1. Tabiiy antibiotiklar qanday turlarga bo‗linadi?
2. Antibiotiklarni olinish bosqichlari
3. Fermentatsiya va uning bosqichlari
4. Ekstraksiya
va ion almashinish usullari
5. Tabletka holiga keltirish jarayoni qanday amalga oshadi?
6. Antibiotiklarni ishlab chiqarishda ishchilar organizmiga ta‘sir qiluvchi
salbiy omillar.
7. Kasb zararlari natijasida hosil bo‗ladigan kasb kasalliklari
165
IX
BOB. HAVO MUHITI GIGIYENASI
9.1. Iqlim, ob-havo va salomatlik
Iqlim va ob-havoning odam organizmiga ta‟siri
Iqlim va ob-havoning odam organizmiga ta‘sirini o‗rganish
tibbiy-biologik
muammolar ichida eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda bu muammo
bioklimatologiya nomi bilan ataladi, chunki u faqat kasalliklarning oldini olibgina
qolmay, balki ba‘zi bir kasalliklarning zo‗rayib ketmasligining oldini olish uchun
ham zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Hozirgi zamon fani va texnikasining
ilg‗or tajribalaridan foydalanib, koinot sirlarini chuqurroq o‗rgangan holda va bu
omillaming ta‘sirini insonning ruhiy holatiga salbiy ta‘sir
etmagan holda aholi
ongiga singdirib borish katta ahamiyatga egadir. Turli iqlimiy omillarning inson
organizmiga ta‘sir etish xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: