Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Tropik iqlim - yuqori harorat va yuqori namlik sharoitida organizmdan
issiqlik ajratilishi qiyinlashadi va organizmning qizishiga sabab bo‗ladi. Qutb iqlimi - past harorat, yuqori darajadagi nisbiy namlik, qutb tuni davrida quyosh radiatsiyasining bo‗lmasligi bilan farqlanadi. Qutb tuni odamni ruhiy siqilish, dilxiralikka olib keladi, uyqusizlikka sabab bo‗ladi, natijada asab sistemasini zo‗riqtiradi. Qutb kunlari esa faoliyat oshadi, kayfiyat yaxshilanadi. Iqlim sharoitlari va ob-havoning o‗zgarishi alohida fasllarga bog‗liq bo‗lgan kasalliklarning qaytalanishi va zo‗riqishiga sabab bo‗lib, bemorning holati yomonlashishi mumkin. Shunday kasalliklarga misol qilib, fasllarga bog‗liq bo‗lgan yuqori nafas yo‗llarining shamollash holatlari, sil kasalligi, revmatizm, o‗tkir diffuzli nefrit kabilarni keltirish mumkin. Havo frontlari (siklonlar)ning ma‘lum bir geografik hududga kirib kelishi bilan bog‗liq bo‗lgan ob-havoning keskin o‗zgarishlari natijasida gipertoniyaga 167 uchragan kasallarda gipertonik krizlar, bosh miya va yurak-tomir ateroskleroziga uchragan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashishi natijasida xunuk oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligi bizga ma‘lum, 70% gacha bo‗ladigan kritik vaziyatlar (stenokardiya, miokard infarkti, gipertonik kriz) havo frontining o‗tishiga to‗g‗ri keladi. Quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan qonuniyatlarni 1930-yilda professor Chijevskiy chuqur tahlil qilib shunday degan edi: "quyosh faclligi yillarida kasal organizmni, muayyan muvozanatdan chiqqan holda ko‗rishimiz mumkin, bunday organizm uchun tashqaridan beriladigan bitta impuls ham etarli, bu holda izdan chiqqan organizmning ahvoli keskin murakkablashishi va oqim kuzatilishi mumkin, bunday impulslarga meteorologik va geodinamik omillarning o‗zgarishi kiradi. Odam organizmiga iqlim va ob-havoning ta‘sirini baholash bilan bir qatorda quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan omilni yoddan chiqarmaslik kerak. Iqlim va ob-havo bilan bog‗liq bo‗lgan omillarni organizmga ta‘sir etuvchi termodinamik omil, ya‘ni harorat, namlik, havo bosimi va shamolning ta‘siri deb tushuntirish mumkin. Biroq tabiatda quyosh aktivligi bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa omil ham mavjud. Bu quyosh sathida ro‗y beradigan portlashlar natijasida quyosh sathidan atrof-muhitga tarqaladigan katta hajmdagi korpuskulyar radiatsiya va elektromagnit to‗lqinlardir. Bunday sharoitda meteorologik omillardan farqli o‗laroq elektromagnit maydonlari er yuzasining barcha joylarida bir vaqtda kuzatiladi, lekin turli kengliklarda fasl yoki kunning turli vaqtlarida uning kuchi bir xil bo‗lmasligi mumkin. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling