Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sahro iqlimi
- Dengiz iqlimi
O„rmon iqlimi - toza va salqinligi, kichik tezlikdagi havo harakati, nisbatan
yuqori namlik bilan ta‘riflanib, organizmga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi va yo‗qotilgan kuch-quvvatni tez tiklanishiga yordam beradi. Cho„l iqlimi - havoning quruqligi, yuqori harorat, quyosh radiatsiyasining yuqori jadalligi bilan ta‘riflanib, organizmdan terlash orqali suvni ko‗p ajralishiga sababchi bo‗ladi, buyraklar orqali suv ajralishi kamayadi va buyraklar faoliyati reflektor tarzda yaxshilanadi, shuni hisobga olgan holda cho‗l iqlimidan buyrak kasalliklariga chalingan bemorlarni davolash yaxshi natija beradi. Sahro iqlimi - o‗ta quruq havo, haroratning yuqoriligi asab sistemasiga qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatada, keyinchalik og‗ir ruhiy siqilish (depressiya) holatga olib kelishi mumkin. Ayniqsa harorat yuqori bo‗lganda ishtahaning yo‗qolishi, umumiy bo‗shashish holati kuzatiladi. Organizmdan tashqi muhitga issiqlikning uzatilishi asosan terlash orqali bo‗lib, 60% gacha ko‗tariladi. Tog„ iqlimi - odam organizmiga chiniqtiruchi ta‘sir ko‗rsatadi, chunki havo harorati nisbatan past, toza, kecha-kunduz davomida keskin o‗zgarishi, namlik va bosimning pastligi bunga asos bo‗ladi. Tog‗ sharoitida yurak urishi tezlashadi, qon bosimi pasayadi, havodagi kislorodning parsial bosimini pasayishi tufayli,o‗pkaga oqib keladigan qonning miqdori kompensator tarzda ortadi, natijada katta va kichik 166 qon aylanish tizimida qonning qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Tog‗ sharoitida quyosh radiatsiyasi tarkibidagi ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori bo‗lishi, organizmning tetikligini oshiradi, endokrin bezlar faoliyatini yaxshilaydi. Nafas yo‗llaridagi shilliq qavatlardan sekretsiya ajralishi ortadi va balg‗am ko‗chish yaxshilanadi. Shuning uchun tog‗ iqlimi nafas yo‗llari kasalliklariga duchor bo‗lganlar uchun ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Ammo, og‗ir yurak-tomir xastaliklariga duchor bo‗lganlarning holati yomonlashishi mumkin, shuning uchun ularga tog‗ havosi tavsiya etilmaydi. Dengiz iqlimi - deyarli o‗zgarmas harorat, toza havo, kuchsiz shabada esishi bilan ta‘riflanib, zaiflashgan organizmning faoliyatini tezroq tiklash maqsadida foydalanish tavsiya etiladi. Biroq hamma dengiz iqlimlari birdek ijobiy ta‘sirga ega emas, chunonchi, Sochi va Qrimning dengiz iqlimi asab sistemasini tinchlantiruvchi ta‘sirga; tropik dengiz iqlimi (Kuba, Seylon) bo‗shashtiruvchi; shimoliy kengliklardagi dengiz iqlimi hayajonga soluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Quyosh nuriga boy, sof va toza dengiz havosi qon ishlab chiqarish faoliyatini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, azot va tuz almashinuvini tezlashtiradi, issiqlik almashinishini orttiradi, ter ajralishini kamaytiradi, siydik ajralishi tezlashadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling