Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
Atmosfera bosimi va uni aniqlash
Er kurrasini qoplab turgan havo qatlami (atmosfera) o‗z og‗irligiga ega, bunday bosim havo tarkibidagi gazlarni odam tanasiga bir tekis tarqatib, a‘zolar bo‗shliqlari va to‗qimalaridagi gazlarni muvozanatda saqlashni ta‘minlaydi. Lekin ba‘zan suv tagida ish bajarilganda yoki suvga to‗yingan er qatlamida ishlaganda organizm atmosfera bosimiga duchor bo‗ladi. Toqqa ko‗tarilganda yoki samolyot, vertolyotda atmosferaning yuqori qatlamlariga ko‗tarilganda organizm past atmosfera bosimiga duchor bo‗ladi. Shu sababli atmosfera bosimini bilish muhim gigienik tadbirlardan hisoblanadi. Suv ostida ishlovchilarda, shaxta va er osti ishlarida yuqori atmosfera bosimi ta‘sir etishi natijasida kesson kasalligi kelib chiqishi mumkin.Yuqori bosim ostida ishlovchilar organizmida jumladan to‗qimalarida va qon tarkibida erigan azotning miqdori ortib ketadi. Shu sharoitdan normal bosimga tez ko‗tarilganda erigan azot gaz holida o‗pka orqali chiqib ketishiga ulgurmaydi, natijada qon tomirlarda gaz emboliyasi vujudga kelib qon harakatini to‗sib qo‗yadi. 1980 yil 1 yanvardan boshlab atmosfera bosiminig o‗lchov birligi qilib jahon miqyosida yagona Paskal (Pa) qabul qilingan. 178 Atmosfera bosimi dengiz sathida 1000 mbar-1000 Pa - 750 mm simob ustuniga teng. Demak, 1 millibar-0,75 mm simob ustuniga, 1 mm simob ustuni o‗z yo‗lida 1,33 millibarga teng. Atmosfera bosimini aniqlash yaqin orada ob-havoda kuzatilishi mumkin bo‗ladigan o‗zgarishlar hamda past yoki yuqori bosim sharoitida ishlaganda qanday profilaktik chora-tadbirlar ko‗rish kerakligini belgilashga imkon beradi. Bundan tashqari tashqi muhitning gazlar bilan ifloslanishi atmosfera bosimining qanday ko‗rsatkichida sodir bo‗lganini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Atmosfera bosimini simobli, metalli barometrlar hamda barograflar yordamida aniqlash mumkin. 1. Simobli barometr. Asbob vertikal holatda o‗rnatilgan, ustki qismi berk, pastki qismi esa simob solingan kosachaga tutashtirilgan shisha naychadan iborat. Bosimni o‗lchashdan oldin simob ustuni maxsus vintil yordamida ―0‖ ko‗rsatkichiga tenglanadi. Simobning naycha bo‗ylab ko‗tarilishi, atmosfera bosimini shkala ko‗rsatkichi orqali ifodalaydi. Simobli barometrni tashqi muhit haroratining o‗zgarishiga qarab to‗g‗irlab turish kerak, chunki harorat ko‗tarilish simobning kengayishiga, bu o‗z yo‗lida naycha orqali simob ko‗tarilishiga olib keladi. Bundan tashqari shkalaning kengayish koeffitsientini ham hisobga olish zarur, Barometr ko‗rsatishini to‗g‗irlash simobning kengayish koeffitsientiga 0,000163 hamda termometr ko‗rsatishiga ko‗paytirish yo‗li bilan topiladi. Barometr ko‗rsatkichidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi olinadi, agar termometr ko‗rsatkichi musbat bo‗lsa qo‗shiladi, termometr ko‗rsatishi manfiy bo‗lganda ayriladi. Misol. Barometr ko‗rsatishi 755 mm simob ustuniga teng, havo harorati 20 0 S bo‗lsa, tuzatishni topish uchun olingan ma‘lumotlar ko‗paytiriladi. 755 x 0,000163 x 20 = 2.46. Shunday qilib, to‗g‗irlash 2.46 ga teng. Barometr ko‗rsatishidan to‗g‗irlash ko‗rsatkichi ayrilsa, haqiqiy atmosfera bosimi topiladi: 755-2,46 = 752,54 179 demak, atmosfera bosimi tekshirilgan sathda 752,54 mm simob ustuniga teng. 2. Metalli barometrlar (aneroidlar). Asbob quticha shaklida bo‗lib, devorlari yupqa metaldan yasalgan. quticha ichida bosimni sezuvchi bo‗shliq hosil qilingan. Atmosfera bosimining o‗zgarishi tufayli, quticha devorlari ko‗tariladi yoki puchayadi. Bunday o‗zgarish richag sistemasi orqali siferblatga o‗rnatilgan ko‗rsatkichni harakatga keltiradi va atmosfera bosimini simob ustunini mm larda ifodalovchi raqamlarda belgilaydi. 3. Barograf atmosfera bosimini avtomatik holda aniqlash maqsadida o‗zi yozuvchi barograflardan foydalaniladi. Metalldan yasalgan qutichalar asbobning sezuvchi qismi hisoblanadi. Atmosfera bosimining o‗zgarish tufayli, qutichalar shaklini o‗zgartiradi va richagni harakatga keltiradi. Harakatga kelgan richag avtomatik holatda aylanuvchi barabanga o‗ralgan qog‗ozda atmosfera bosimini bildiruvchi chiziqlarni ifodalaydi. Havo mikroiqlimini baholash bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibini, jumladan uglerod (IV) –oksid miqdorining ko‗payishi, uning organizmga salbiy ta‘sir ko‗rsatuvchi o‗zga kimyoviy birikmalar, changlar hamda kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar bilan ham ifloslanganligin bildiradi. Shu sababli xonalarda uglerod (IV) –oksid ko‗rsatkichi -sanitariya ko‗rsatkichi deb qabul qilingan, uning miqdoriga qarab, xona havosini tozalash chora-tadbirlari belgilanadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling