Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


  Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 


193 
Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli: 
“Qopdagi mushuk” 
Ish uchun zarur 
1.Guruhdagi talabalar soniga qarab qur‘a tashlash uchun 
2. Topshiriqlar variantlarining to‗plami, sonlar. Toza qog‗oz varog‗lari. 
Ishni bajarish tartibi. 
1. 
Qur‘a tashlash yo‗li bilan gurux 3 - 4 ta talabadan iborat bo‗lgan kichik 
guruxlarga bo‗linadi. 
2. 
Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o‗tiradi, toza qog‗oz varog‗i va 
ruchka tayyorlanadi. 
3. 
Varoqda sana, gurux soni, ish o‗yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok 
etadigan talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi. 
4. 
Xar bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o‗qituvchini oldiga kelib 
konvertdantopshiriq variantini oladi. 
5. 
Talabalar varaqga o‗zlarining topshiriqlarini ko‗chiradilar va ish bajarish 
uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. 
6. 
Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to‗liq javobni yozadilar. 
7. 
O‗qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‗chirmasligi va boshqa guruxlar 
bilan aloqa qilmasligi kerak. 
8. 
15 daqiqa o‗tgandan so‗ng javob varaqalari yig‗ib olinadi. 


194 
X
 I BOB. SUV GIGIYENASI 
11.1 Suvning fiziologik va gigiyenik ahamiyati 
Gigiyenik nuqtai nazardan qaraganda suv hayot manbai, salomatlik garovi va 
o‗simlik dunyosi uchun muhim axamiyatga ega bo‗lgan tashki muhit omillaridan 
biridir. Suv inson hayoti uchun katta ahamiyatga ega, chunki u fiziologik talabni, 
sanitariya-gigiyena va xo‗jalik ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Katta yoshdagi odamlar 
organizmining 65—70%, yosh bolalar organizmining esa deyarli 80% ini suv 
tashkil etadi. Katta yoshdagi odam kuniga 3 l suvni teri, o‗pka, buyrak orqali 
chiqarib turadi. Shu sababli shuncha miqdordagi suvni fiziologik ehtiyojlar uchun 
kuniga ichish zarur. Suv ovqat mahsulotlarni to‗qimalarga tarqatishga teri va najas 
yo‗llarida bug‗ xolatida chiqishi bilan tana harorati muvozanatini saqlashda 
ishtirok etadi. Suv iste‘molini to‗g‗ri tashkil qilishda kunlik ovqat tarkibida qancha 
suyuqlik borligini nazoratda tutmok zarur. Masalan: yangi sabzavot va mevalarda 
90%, kartoshka va go‗shtda 75% , nonda 47,7% gacha suv bo‗ladi. Ammo suvni 
va boshka chanqov bosdi ichimliklarni haddan ziyod ko‗p iste‘mol qilish zararlidir, 
chunki bunday xolatda yurak ishining, ajratish a‘zolarining (teri buyrak ) 
faoliyatining oshishiga olib keladi. Bunday xollarda organizmning teri satxidan 
ko‗p miqdorda suyuqlik ajralishi natijasida shu bilan bir qatorda teri bilan 
organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar xam chiqib 
ketadi. Odam bir kecha kunduz mobaynida yoshiga qarab 100mldan - 3000ml 
atrofida suv iste‘mol qiladi, jumladan 1200-1300ml (48%) suvni suyuqlik 
ko‗rinishida, 1000-1200 suvni ovqat tarkibida iste‘mol qiladi. Ozuqa moddalarning 
endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300ml atrofida suv hosil bo‗ladi. 
Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun 
mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib turadi. 
Inson organizmining buyrak, o‗pka, me‘da- ichak yo‗li, teri suv almashinuvida faol 
ishtirok etadi. Atrofdagi havo harorati yuqori bo‗lishi bilan 4-5 litr suv terlash 
bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shu munosabat bilan organizmning suvga 
bo‗lgan ehtiyoji yanada ortadi. Yo‗qotilgan suv miqdorining ko‗payishiga qarab 
odam o‗zini yomon his qila boradi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yo‗qotishi 


195 
modda almashinishi jarayonlariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, 20% suvning 
organizmdan chiqib ketishi esa uning o‗limga olib kelishi mumkin. Havo harorati 
sezilarli darajada tushib ketganda organizm o‗zidan 25% suvni chiqarib yuborgan 
bo‗lsa, bu holat ham o‗lim xavfini tug‗dirishi mumkin. Organizmda suv 
etishmasligi tuqimalararo suyuqliklardagi osmotik bosimning muvozanati bu esa 
organizmda azot chiqindilari to‗planishiga va moddalar almashinuvi buzilishiga 
olib kelishi mumkin. Bir sutkada chanqoqni bosish uchun iste‘mol qilinadigan suv 
miqdori ish qobilyatiga ega (harakatdagi) kishilarda 2,5-4 litrni tashkil etadi. Suvga 
bo‗lgan ehtiyoj tashnalikni his qilish orqali namoyon bo‗ladi. Bu markaziy nerv 
sistemasidagi chanqov markazining qo‗zg‗alishi natijasida yuzaga keladi. 
Suvning asosiy qismi hujayralarda bo‗ladi, hujayralardan tashqaridagi suv 18-
20% ni tashkil qiladi. Sanitariya gigiyena jihatdan suv foizining fiziologik talabini 
qondirishdan tashqari anchagina suv miqdori shaxsiy gigiyena, maishiy xo‗jalik va 
ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarf bo‗ladi. 
Inson o‗zining gigiyenik ehtiyojlarini to‗liq qondirishi uchun katta 
miqdorlardagi suvni sarflashi tabiiydir, jumladan badanning tozaligini saqlash, 
kiyim-boshlar, turar- joylar, idish-tovoqlarni toza saqlash, organizmni chiniqtirish 
masalalarida ko‗plab suv sarflanadi. Keltirilgan maqsadlar uchun bir odam bir 
kecha-kunduz davomida bir necha o‗n litr suvni sarflaydi. Aholi tomonidan suv 
sarfining kundan-kunga ortib borishi aholi hayotidagi sanitar-gigiyenik 
sharoitlarning kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi bilan bog‗liqdir. 
Suv badanni toza saqlab turish uchun, yuz qo‗lni yuvish uchun kuniga 5-10 
litr, gigiyenik dush qabul qilish uchun 180-150 litr, kir yuvish, ovqat tayyorlash, 
idish-tovoq yuvish uchun 5-8 litr ishlatiladi. Ammo yuqoridagilardan tashqari uy-
joy jamoat binolarini toza saqlash, kanalizatsiyadan foydalanilgan holatda 
chiqindilarni yuvib yuborish, ko‗chalarni yuvish, yashil o‗simliklarni sug‗orish 
uchun ham suv kerak bo‗ladi. 
Yuqorida aytilganlardan ma‘lum bo‗ldiki madaniy va gigiyenik turmush 
shart-sharoitlarini 
yaxshilanishi 
aholini 
jon 
boshiga 
sarflanadigan 
suv 
miqdorlarining oshirilishiga chambarchas bog‗liqdir. Turar joy va jamoat 


196 
binolarining sanitariya texnik jihatidan obodonlashtirish darajasi (vanna, issiq suv 
markazlashtirilgan suv taminoti, kanalizatsiya ) qanchalik yuqori bo‗lsa, suvga 
bo‗lgan ehtiyoji ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. Ichimlik suvining is‘temol qilish 
me‘yorlari Sog‗liqni Saqlash Vazirligi bilan kelishilgan xolda suv iste‘mol qilish 
me‘yorlari va qoidalari xujjatlarida kiritilgan. Kishi boshiga kuniga (litr ) xisobida. 
Jadval 11.1 
№ 
Turar joylarning xolati 
Kishi boshiga 1 
kunda o‗rtacha suv 
miqdori 

Qishloq joylarda kolonkalardan suv oladigan aholi 
uchun 
40-60 litr 

Vodoprovod bilan kanalizatsiyasi bor, vannasi yo‗q 
binolar 
125-160 litr 

Vodoprovod, kanalizatsiya, vanna va suv isitgichlar 
bilan ta‘minlangan binolar 
160-230 litr 

Markazlashtirilgan issiq va sovuq suv bilan 
ta‘minlangan binolar 
230-350 litr 

Yirik shaxarlarda 
500-1000 litr 
Agar suv patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari bilan ifloslansa
organizmga yomon ta‘sir qilishi mumkin. Faqatgina suvni iste‘mol qilishgina 
emas, balki ifloslangan suv manbalarida cho‗milish ham sog‗liq uchun zararlidir, 
bunday hollarda turli kasalliklar (ichak, teri, ko‗z kasalliklari va h.k.), kelib 
chiqadi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling