Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi.
- I BOB. SUV GIGIYENASI 11.1 Suvning fiziologik va gigiyenik ahamiyati
193 Darsda qo„llaniladigan innovatsion texnologiya usuli: “Qopdagi mushuk” Ish uchun zarur 1.Guruhdagi talabalar soniga qarab qur‘a tashlash uchun 2. Topshiriqlar variantlarining to‗plami, sonlar. Toza qog‗oz varog‗lari. Ishni bajarish tartibi. 1. Qur‘a tashlash yo‗li bilan gurux 3 - 4 ta talabadan iborat bo‗lgan kichik guruxlarga bo‗linadi. 2. Har bir kichik gurux alohida stol atrofida o‗tiradi, toza qog‗oz varog‗i va ruchka tayyorlanadi. 3. Varoqda sana, gurux soni, ish o‗yinini nomi, shu kichik guruxda ishtirok etadigan talabalar familiyasi, ismi, sharifi yoziladi. 4. Xar bir kichik guruhlarni bitta qatnashchisi o‗qituvchini oldiga kelib konvertdantopshiriq variantini oladi. 5. Talabalar varaqga o‗zlarining topshiriqlarini ko‗chiradilar va ish bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. 6. Kichik guruxlar topshiriqni muxokama qiladilar va to‗liq javobni yozadilar. 7. O‗qituvchi kuzatib turishi shart, talabalar ko‗chirmasligi va boshqa guruxlar bilan aloqa qilmasligi kerak. 8. 15 daqiqa o‗tgandan so‗ng javob varaqalari yig‗ib olinadi. 194 X I BOB. SUV GIGIYENASI 11.1 Suvning fiziologik va gigiyenik ahamiyati Gigiyenik nuqtai nazardan qaraganda suv hayot manbai, salomatlik garovi va o‗simlik dunyosi uchun muhim axamiyatga ega bo‗lgan tashki muhit omillaridan biridir. Suv inson hayoti uchun katta ahamiyatga ega, chunki u fiziologik talabni, sanitariya-gigiyena va xo‗jalik ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Katta yoshdagi odamlar organizmining 65—70%, yosh bolalar organizmining esa deyarli 80% ini suv tashkil etadi. Katta yoshdagi odam kuniga 3 l suvni teri, o‗pka, buyrak orqali chiqarib turadi. Shu sababli shuncha miqdordagi suvni fiziologik ehtiyojlar uchun kuniga ichish zarur. Suv ovqat mahsulotlarni to‗qimalarga tarqatishga teri va najas yo‗llarida bug‗ xolatida chiqishi bilan tana harorati muvozanatini saqlashda ishtirok etadi. Suv iste‘molini to‗g‗ri tashkil qilishda kunlik ovqat tarkibida qancha suyuqlik borligini nazoratda tutmok zarur. Masalan: yangi sabzavot va mevalarda 90%, kartoshka va go‗shtda 75% , nonda 47,7% gacha suv bo‗ladi. Ammo suvni va boshka chanqov bosdi ichimliklarni haddan ziyod ko‗p iste‘mol qilish zararlidir, chunki bunday xolatda yurak ishining, ajratish a‘zolarining (teri buyrak ) faoliyatining oshishiga olib keladi. Bunday xollarda organizmning teri satxidan ko‗p miqdorda suyuqlik ajralishi natijasida shu bilan bir qatorda teri bilan organizmdan suvda eriydigan vitaminlar, osh tuzi va mineral tuzlar xam chiqib ketadi. Odam bir kecha kunduz mobaynida yoshiga qarab 100mldan - 3000ml atrofida suv iste‘mol qiladi, jumladan 1200-1300ml (48%) suvni suyuqlik ko‗rinishida, 1000-1200 suvni ovqat tarkibida iste‘mol qiladi. Ozuqa moddalarning endogen oksidlanishi natijasida organizmda 300ml atrofida suv hosil bo‗ladi. Organizmdagi suv doimo yangilanib turadi: katta yoshli odamda 15 kun mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib turadi. Inson organizmining buyrak, o‗pka, me‘da- ichak yo‗li, teri suv almashinuvida faol ishtirok etadi. Atrofdagi havo harorati yuqori bo‗lishi bilan 4-5 litr suv terlash bilan birga teri orqali chiqib ketadi, shu munosabat bilan organizmning suvga bo‗lgan ehtiyoji yanada ortadi. Yo‗qotilgan suv miqdorining ko‗payishiga qarab odam o‗zini yomon his qila boradi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yo‗qotishi 195 modda almashinishi jarayonlariga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi, 20% suvning organizmdan chiqib ketishi esa uning o‗limga olib kelishi mumkin. Havo harorati sezilarli darajada tushib ketganda organizm o‗zidan 25% suvni chiqarib yuborgan bo‗lsa, bu holat ham o‗lim xavfini tug‗dirishi mumkin. Organizmda suv etishmasligi tuqimalararo suyuqliklardagi osmotik bosimning muvozanati bu esa organizmda azot chiqindilari to‗planishiga va moddalar almashinuvi buzilishiga olib kelishi mumkin. Bir sutkada chanqoqni bosish uchun iste‘mol qilinadigan suv miqdori ish qobilyatiga ega (harakatdagi) kishilarda 2,5-4 litrni tashkil etadi. Suvga bo‗lgan ehtiyoj tashnalikni his qilish orqali namoyon bo‗ladi. Bu markaziy nerv sistemasidagi chanqov markazining qo‗zg‗alishi natijasida yuzaga keladi. Suvning asosiy qismi hujayralarda bo‗ladi, hujayralardan tashqaridagi suv 18- 20% ni tashkil qiladi. Sanitariya gigiyena jihatdan suv foizining fiziologik talabini qondirishdan tashqari anchagina suv miqdori shaxsiy gigiyena, maishiy xo‗jalik va ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarf bo‗ladi. Inson o‗zining gigiyenik ehtiyojlarini to‗liq qondirishi uchun katta miqdorlardagi suvni sarflashi tabiiydir, jumladan badanning tozaligini saqlash, kiyim-boshlar, turar- joylar, idish-tovoqlarni toza saqlash, organizmni chiniqtirish masalalarida ko‗plab suv sarflanadi. Keltirilgan maqsadlar uchun bir odam bir kecha-kunduz davomida bir necha o‗n litr suvni sarflaydi. Aholi tomonidan suv sarfining kundan-kunga ortib borishi aholi hayotidagi sanitar-gigiyenik sharoitlarning kundan-kunga yaxshilanib borayotganligi bilan bog‗liqdir. Suv badanni toza saqlab turish uchun, yuz qo‗lni yuvish uchun kuniga 5-10 litr, gigiyenik dush qabul qilish uchun 180-150 litr, kir yuvish, ovqat tayyorlash, idish-tovoq yuvish uchun 5-8 litr ishlatiladi. Ammo yuqoridagilardan tashqari uy- joy jamoat binolarini toza saqlash, kanalizatsiyadan foydalanilgan holatda chiqindilarni yuvib yuborish, ko‗chalarni yuvish, yashil o‗simliklarni sug‗orish uchun ham suv kerak bo‗ladi. Yuqorida aytilganlardan ma‘lum bo‗ldiki madaniy va gigiyenik turmush shart-sharoitlarini yaxshilanishi aholini jon boshiga sarflanadigan suv miqdorlarining oshirilishiga chambarchas bog‗liqdir. Turar joy va jamoat 196 binolarining sanitariya texnik jihatidan obodonlashtirish darajasi (vanna, issiq suv markazlashtirilgan suv taminoti, kanalizatsiya ) qanchalik yuqori bo‗lsa, suvga bo‗lgan ehtiyoji ham shunchalik ko‗p bo‗ladi. Ichimlik suvining is‘temol qilish me‘yorlari Sog‗liqni Saqlash Vazirligi bilan kelishilgan xolda suv iste‘mol qilish me‘yorlari va qoidalari xujjatlarida kiritilgan. Kishi boshiga kuniga (litr ) xisobida. Jadval 11.1 № Turar joylarning xolati Kishi boshiga 1 kunda o‗rtacha suv miqdori 1 Qishloq joylarda kolonkalardan suv oladigan aholi uchun 40-60 litr 2 Vodoprovod bilan kanalizatsiyasi bor, vannasi yo‗q binolar 125-160 litr 3 Vodoprovod, kanalizatsiya, vanna va suv isitgichlar bilan ta‘minlangan binolar 160-230 litr 4 Markazlashtirilgan issiq va sovuq suv bilan ta‘minlangan binolar 230-350 litr 5 Yirik shaxarlarda 500-1000 litr Agar suv patogen mikroorganizmlar, gijja tuxumlari bilan ifloslansa, organizmga yomon ta‘sir qilishi mumkin. Faqatgina suvni iste‘mol qilishgina emas, balki ifloslangan suv manbalarida cho‗milish ham sog‗liq uchun zararlidir, bunday hollarda turli kasalliklar (ichak, teri, ko‗z kasalliklari va h.k.), kelib chiqadi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling