Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
2Kasalliklarning kelib chiqishida suv omilining o„rni
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
11.
2Kasalliklarning kelib chiqishida suv omilining o„rni Suv juda ko‗p kasalliklarni qo‗zatuvchi va tarqatuvchi omil sifatida muhim o‗rinni egallaydi, jumladan infeksion hamda ayrim turdagi invazion kasalliklarning tarqatuvchisidir. Bunday holat juda ko‗p mikroorganizmlarning suv muhitida uzoq muddatlarda yashay olishi bilangina bog‗liq bo‗lmay, balki ular suv muhitida o‗zlarining virulentligini ham to‗liq saqlay oladi. Ayniqsa issiq iqlim sharoitida buning ahamiyati juda muhim, chunki bunday sharoitda mikroorganizmlar va ayniqsa patogen mikroblar juda uzoq muddatlargacha yashay oladi. Shuning uchun 197 suv muhiti yuqumli kasalliklarning tarqalishida bizning Respublikada juda muhim omil bo‗lib hisoblanadi. L.Paster ifloslangan suv epidemiya manbai ekanligini ilmiy jihatdan asoslagan, R.Kox Hindistondagi suv saqlanadigan idishlardan vabo vibrionini topgan. Yuqumli kasalliklarning suv orqali tez tarqalishini aniqlash (suv epidemiyalar), ularning yanada keng tarqalib ketmasligining oldini olishdagi tez va samarali tadbirlarni amalga oshirishga imkon beradi. Shu narsani alohida nazarda tutish lozimki, suv orqali tarqaladigan epidemiyalar o‗ziga xos ayrim xususiyatlarga egadir, chunonchi: juda qisqa vaqt ichida katta miqdordagi bir turdagi kasallik aniqlanadi (ommaviy kasallanish), aniqlangan yuqumli kasallik aniq bir yashash joyiga ega (chegaralanganligi), kasallik aniqlanganidan so‗ng esa ifloslangan manbani zararsizlantirish choralari ko‗rilishi bilan kasallanish keskin kamayib ketadi. Suv orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar ko‗p bo‗lib, ularni bir qancha guruhlarga bo‗lish mumkin. Birinchi navbatda bu bakterial tabiatli ichak infeksiyalari bo‗lib, ularga vabo, qorin tifi, paratif A va B, ichburug‗ (dizenteriya), har xil enteritlar va enterokolitlar (patogen ichak tayokchalari) kiradi. Suv orqali tarqaladigan eng xavfli ichak kasalligi bo‗lib vabo xisoblanadi. Kasallikning klinikasi og‗ir kechishi va pandemik tarqalish tendensiyasi tufayli vabo kasalligi – o‗ta xavfli infeksiyalarga kiradi. Issiq iqlimli davlatlarda leptospiroz kasalliklari uchraydi. Ayrim bakterial zoonoz infeksiyalar ham suv orqali tarqaladi. Bunda kasallik manbai bo‗lib kemiruvchilar (tulyaremiya) yoki qoramollar (brutsellez, kuydirgi) hisoblanadi. Bu kasalliklarning qo‗zg‗atuvchilari suvga bemor va bakteriya tashuvchilarning ajralmalari (najaslari) tushganda hamda suvga yuqumli kasalxonalar chiqindisi va har xil chiqindilar tushishi tufayli ro‗y beradi. Epidemiologik jihatdan ochiq suv manbalari ayniqsa xavotirli hisoblanadi. 198 Suv orqali har xil gijja va ular tuxumlarining tarqalishi katta xavf tug‗diradi. Shubhali ochiq suv manbalarida cho‗milish va mevalarni chayish ham xatarli hisoblanadi. Suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi juda xavflidir. Suvda rivojlanuvchi organizmlar — plankton, mollyuskalar, suv o‗tlari va boshqalar o‗zida radioaktiv moddalarni kumulyasiya qilish xususiyatiga ega, bu o‗z yo‗lida suv havzalarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishiga olib keladi. 1950 yillardan boshlab, suv manbalarining sun‘iy radioaktiv izotoplar bilan ifloslangani aniqlana boshlandi, bunday izotoplar ayrim a‘zolarda kumulyasiya qilinishi natijasida nur kasalligiga sababchi bo‗lishi mumkin. Suv odamlar orasida infeksiya tarqatuvchi manba bo‗lishi mumkinligi haqidagi birinchi ma‘lumotlar London shahrida vabo kasalligini epidemiyasida Djon Stou tomonidan 1854 yili aniqlangan. Uning olib borgan tajribalarini hayron qolarli joyi shundaki, inson suv bilan ishlashi davomida kasallik asoratlarini sezmaydi. Anologik tekshirishlar Robert Kox tomonidan 1892 yili Germaniyada olib borilib, u suv tarkibidagi vabo chaqiruvchi bakteriyalarni filtratsiya qilish yo‗li bilan yo‗qotish mumkinligini isbotladi. Keyingi paytlarda AQSH da o‗tkazilgan tajribalar shuni ko‗rsatdiki, ich terlama kasalligi o‗rganilib, shunday xulosaga kelishgan, ya‘ni suvni filtratsiya qilishdan oldin kimyoviy moddalar bilan koagulyasiya qilish kerak ekan. Erdagi barcha suvlarni asosiy manbalari bu yomg‗irlar, qor va suvli qorlar hisoblanadi. Qo‗shma shtatlar uchun har yilgi o‗rtacha raqam 71-76 santimetrni (28-30 dyum) tashkil qiladi. Lekin butun dunyoda bo‗lgani kabi, bu erda ham geografik va mavsumiy siljishlar kuzatiladi. Misol uchun, Missisipi daryosining sharqiy qismida g‗arbiy qismiga qaraganda 2 barobar ko‗p yog‗ingarchilik bo‗ladi. Chunki dunyoning ko‗p qismi okeanlar bilan o‗ralgan, 30% yog‗ingarchilikgina quruq joyga tushadi. Ulardan 70% i bug‗lanib ketadi yoki (o‗simlik orqali) atmosferaga qaytadi, 10% i so‗rilib er osti suviga aylanadi va 20% i ko‗l, daryo va dengizlarga qo‗shilib ketadi. Suvning turli yo‗llar bilan er va atmosferaga qaytishi suvning aylanishi deb ataladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling