Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

 


200 
Jadval 11.2 
Ball 
Sezish belgilari 
Aniqlashni aks ettirish 

hech qanday 
hid sezilmaydi 

juda kuchsiz 
iste‘mol qilgan odam sezmaydi, lekin 
laboratoriyada aniqlanadi. 

Kuchsiz 
iste‘mol qilgan odam yaxshiroq 
ahamiyat bersa seziladi. 

Sezilarli 
hid etarli darajada seziladi. 

yaqqol sezilarli 
hid o‗ziga jalb qila oladigan darajada. 

juda kuchli 
hid kuchli, iste‘mol qilish mumkin emas. 
 
2. Suvning tiniqligini aniqlash. Sinama suv aralashtiriladi va tubi tekis, 
rangsiz silindrga solinadi. Tsilindr tagida undagi suvni chiqarib yuboradigan 
jo‗mrak bor. Silindr tagiga 1 sonli bosmadan chiqqan Snellen harflari qo‗yiladi. 
Yuqoridan qaralganda silindr tagiga qo‗yilgan harflar yaqqol ko‗ringuniga qadar 
suv jo‗mrak orqali oqizib turiladi. Silindrda to‗kilgandan qolgan suv ustuni sm 
larda o‗lchanadi. Ruxsat etilgan suvning tiniqligi 30 sm dan kam bo‗lmasligi 
kerak. 20—30 sm gacha bo‗lgan tiniqlik kuchsiz loyqa suv, 10—20 sm gacha 
juda loyqa suv hisoblanadi. 
3. Suvning rangini aniqlash. Suvning rangi teng hajmda olingan 
distillangan suv bilan oq qog‗oz ustida taqqoslash yo‗li bilan aniqlanadi. Sinama 
suv suzgichdan o‗tkaziladi, 40 ml li rangsiz silindrga quyiladi va shu hajmdagi 
distillangan suv bilan solishtiriladi. Suvning rangi har xil sabablarga ko‗ra 
o‗zgarishi mumkin. Masalan o‗simliklarning kolloid moddalari parchalanishi 
tufayli, botqoqlik suv sarg‗ish bo‗ladi va h.k. 
Loyqa suv — loyning mayda bo‗lakchalar bilan ifloslanganidan dalolat 
beradi. Temirning kolloid birikmalari suvga yashil yoki sarg‗ish-yashil rang beradi. 
Suvda ko‗k-yashil o‗tlar bo‗lsa, uning rangi yashil tusda bo‗ladi. Suv rangining 
darajasini aniqlashda standart aralashmalar shkalasi bilan solishtiriladi (platina-
kobalt va xrom-kobalt aralashmalari). Suvning rangi graduslarda ifodalanadi, bu 
ko‗rsatkich 20° dan oshmasligi kerak. 
4. Suv ta‟mini aniqlash. Suvning ta‘mi kimyoviy, bakteriologik, virusologik, 
radiologik tekshirishlardan so‗ng aniqlanadi. Suv ta‘mini aniqlash uchun 15—20° 


201 
gacha isitiladi. Suvni og‗izga oz-ozdan olib, bir necha sekundgacha ushlab turiladi. 
Suvning ta‘mi uning tarkibidagi kimyoviy birikmaga qarab — achchiq, sho‗r, 
shirin, nordon, xlorli, baliq ta‘mli (va h.k.) bo‗lishi mumkin.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling