204
daqiqa qaynatilgan suv butunlay zararsizlantirilgan hisoblanadi. Suv 30 daqiqa
muddatida qaynatilganida ko‗pchilik sporali mikroblar ham yo‗qoladi, bunda suv
deyarli sterillangan bo‗ladi, bundan tashqari, botulizm toksini parchalanib ketadi.
Lekin, ommaviy iste‘mol uchun suvni qaynatib etkazishga iqtisodiy imkoniyat va
vaqt etishmasligi bois, bu usulni keng qo‗llashning iloji yo‗q.
Markazlashgan usulda zararsizlantirilmagan suvlar qaynatish yo‗li
bilan
tozalanib, kam sonli aholi,
kasalxonalar, maktablar,
bolalar muassasalari,
dorixonalar, temir yo‗l stansiyalarining ehtiyojlarini ta‘minlaydi. Ichish uchun
mo‗ljallanib, suvni saqlaydigan idishlarning tozaligiga alohida ahamiyat berish va
mikroblarning qaynatilgan suvda tez rivojlanishini
hisobga olgan holda, uni har
kuni yangilab turish darkor.
Suvni sterilizatsiya qilish. Suvni sterilizatsiya
qilganda uning tarkibidagi
bakteriyalarning hamma turlari va sporalilari ham qirilib ketadi. Bu usulning katta
kamchiliklaridan biri, bunda ko‗p miqdordagi suvni zararsizlantirib bo‗lmaydi,
qolaversa, sterillash jarayonida suv tarkibidagi butun tuzlardan xoli bo‗ladi. Bu o‗z
yo‗lida suvning organoleptik xususiyatlariga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, shu sababli
sterillangan suv tibbiyot amaliyotida hamda ba‘zi bir korxonalarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: