205
Hozirgi kunda ko‗p miqdorli bakteritsid ta‘sirga ega bo‗lgan nur chiqaruvchi
simob-argonli lampa sanoat usulida chiqarilmoqda.
Suvni kuchli shovqin bilan zararsizlantirish. Kuchli shovqin chiqaradigan
moslama lampali generatordan iborat bo‗lib, o‗zidan yuqori tezlik bilan tebranish
natijasida, elektrik tebranishni mexanik tebranishga o‗tkazib boradi. Bunda
suvning rangi, tarkibidagi quyqalarning
miqdoriga qaramasdan, bakteriyalarning
ko‗pchilik qismi 5 sekund ichida qirilib ketadi. Bu
usul epidemiologik jihatdan
yaxshi natija bersa ham, suvdagi birikmalarning organoleptik ko‗rsatkichlari
bo‗yicha ichib bo‗lmaydigan darajada bo‗lishi mumkin, bundan tashqari, bu
usuldan foydalanish uchun lampali generator kerak. Shu sababli bu usul texnologik
jarayon uchun mikrobsiz suv ishlatish zarur bo‗lgan korxonalarda qo‗llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: