Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Farmatsevtik maqsadda qo„llaniladigan suvga qo„yiladigan
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
11.5. Farmatsevtik maqsadda qo„llaniladigan suvga qo„yiladigan
gigiyenik talablar Suvning tayyorlanishi. Sanoatning elektron, kimyo, farmatsevtika va boshqa sohalarida ko‗pgina texnologik jarayonlarda yuqori darajada toza hisoblangan suvdan foydalaniladi. Suvning o‗ta toza bo‗lishi va uni olishning maxsus texnologiyasi dori vositalarini ishlab chiqarishda (in‘eksiya uchun suv va tozalangan suv) zarurdir. Tozalangan suvdan turli maqsadlarda foydalanilsada, ammo uni olishning usullari bir xil tartibga asoslanadi. Bunda farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan toza suvni olish tartibi namuna qilib belgilangan. Farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan suv. Farmatsevtik maqsadlarda ishlatiladigan suv dori vositalarining xavfsizligini ta‘minlaydigan muhim elementlarga kiradi. Uning sifati Davlat Farmakopiyasiga kiritilgan Farmakopiy modda (FS) bilan qat‘iy belgilangan. FS 42-2619-97 ― Tozalangan suv‖ va FS 42- 2619-97 ― In‘eksiya uchun suv‖. Tozalangan suvdan quyidagilarda foydalaniladi: in‘eksiya uchun ishlatilmaydigan dorivor vositalarni tayyorlashda; bug‗ hosil qilishda; sanitar ishlovda; idishlarni yuvishda; laboratoriya amaliyotida va hokazolarda. In‘eksiya uchun suv tayyorlashda tozalangan suv asos suv hisoblanadi. FS 42-2619-97 ga 207 binoan tozalangan suvni distillyasiya yo‗li bilan, ion almashinishi yo‗li bilan, qayta so‗rilish yoki shu usullarning kombinatsiyasi yo‗li bilan va boshqa usullar bilan olinadi. Tozalangan suv ion, organik, kimyoviy va mikrobiologik jihatdan toza bo‗lishi zarur. In‘eksiya uchun suvdan steril dorivor vositalarni tayyorlashda va ular joylanadigan idishlar (upakovka) larni yuvishda (yuqori darajada chayishni istisno qilgan holda) foydalaniladi. Farmatsevtik maqsadlarda foydalaniladigan suv tabiiy ichimlik suvidan olinar ekan, uni albatta har xil aralashma va cho‗kindilardan tozalash kerak. Tabiiy suv tarkibida har xil aralashmalar bo‗lishi mumkin: mexanik zarralar(erimaydigan organik va noorganik aralashmalar), eriydigan moddalar(noorganik tuzlar, kalsiy, magniy, natriy, xlor ionlari, oltingugurt, ko‗mir kislotalari va boshqalar); kimyoviy faol bo‗lmagan eriydigan gazlar (kislorod, azot); kimyoviy faol bo‗lgan eriydigan gazlar (uglerod dioksidi, ammiak); mikroorganizmlar (jumladan, ko‗z ilg‗aydiganlar, mog‗or zamburug‗lari, suv o‗tlari va sistalar va h); bakteriyali endotoksinlar (grammanfiy mikroorganizmlarning hujayra devorlaridagi lipopolisaxaridlar); organik moddalar (tabiiy organik moddalar – gumin kislota va b. hamda ifloslantiruvchi organik moddalar – sanoat chiqindilari, o‗g‗itlar, pestitsitlar va b. ); kolloidlar; qolgan dezinfiksiyalovchi moddalar (xlor, xlor kislotasi, gipoxlorit – ion, xloraminlar va b. ). Asos suv ―Ichimlik suvi‖ O‗zR SSV gining 951-2011 Davlat Standart «Ichimlik suvi sifatiga bo‗lgan gigienik talablar va uning nazorati» qoidalariga muvofiq ichimlik suvi talablariga javob berishi shart. Asos suvning sifati, uning kimyoviy tarkibi, undagi mavjud aralashmalardan qat‘iy nazar texnologik sxema bo‗yicha suvni tozalangan holda olishda filtratsiya, yumshatish, ion almashish, qayta so‗riltirish va h. kabi bir necha bosqichlardan iborat suvni dastlabki tayyorlash jarayoni katta ahamiyatga ega. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling