Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
211 Qayta so„rilish. Teskari osmos – bu erituvchining (suvning) eritmadan yarim o‗tkazuvchi membrana orqali tashqi bosim ta‘sirida o‗tishi jarayonidir. Bu holda tuzli eritmaning ortiqcha ishchi bosimi osmotik bosimdan biroz yuqori bo‗ladi. Teskari osmosning harakatlantiruvchi kuchi bosimlar farqidir. Suvni teskari osmos usulida olish uchun osmotik bosimdan yuqori bo‗lgan ortiqcha bosimni hosil qilish, molekulalarni yarim o‗tkazuvchan membrana orqali to‗g‗ri osmosga qarama-qarshi yo‗nalishda yuqori minerallashtirilgan suvdan toza suv otseki tomon uning hajmini oshirgan holda diffuziyalanishga majburlash lozim. Teskari osmotik membrana barcha eruvchan tuzlar, molekulyar massasi 100 dan yuqori bo‗lgan anorganik molekulalar, organik molekulalar, shuningdek mikroorganizmlar va pirogen moddalar uchun to‗siq kabi ta‘sir qiladi. O‗rtacha hisobda, teskari osmos bosqichidan keyin erigan moddalar miqdori 1-9 foizgacha pasayadi, organik moddalar miqdori – 5 foizgacha pasayadi, kolloid zarrachalar, mikroorganizmlar, pirogenlar esa bo‗lmaydi. Teskari osmos yo‗li bilan olinadigan suvda umumiy organik uglerod miqdori minimal bo‗ladi. Teskari osmos afzalliklaridan boshlang‗ich suvning oddiyligi va tuz miqdoriga bog‗liq emasligini, energetik xarajatlarning kamligini hamda servis va texnik xizmat ko‗rsatish uchun xarajatlar nisbatan baland emasligini qayd etish joiz. Tizimni yuvish, dezinfeksiyalash va tozalash ancha oson, kuchli kimyoviy reagentlardan foydalanishni va zarur bo‗lganda ularni neytrallashni talab qilmaydi. Osmotik jarayonni amalga oshirishda membranani tanlash muayyan muammo tug‗diradi. U suvni tayyorlash, ish sharoitlari va tavsiflari, sanatsiya shartlari, xavfsizlik shartlariga, tizimga uzatiladigan suvga qo‗yiladigan talablarga mos kelishi kerak. Teskari osmos odatda quyidagi hollarda farmatsevtik maqsadlar uchun suv olish tizimlarida foydalaniladi:regeneratsiya uchun zarur kislota va ishqor sarfini kamaytirish uchun ion almashinuvi qurilmalari oldiga;tozalangan suvni tayyorlash uchun;in‘eksiyalar uchun suv tayyorlash uchun distillyasiyadan oldingi tayyorlov bosqichi sifatida;in‘eksiyalar uchun suvni tayyorlash uchun yakuniy bosqich sifatida (ikki bosqichli osmos). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling