Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


 O„sish va rivojlanish jarayonida jinslararo tafovut farqlanadi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

3. O„sish va rivojlanish jarayonida jinslararo tafovut farqlanadi
Masalan: barcha etilish o‗zgarishlar qizlarda 18-20 yoshgacha davom etadi, 
o‗g‗il bolalarda 22-25 yoshgacha davom etadi. 
Barcha asosiy morfologik ko‗rsatkichlar (bo‗yi, og‗irligi, ko‗krak aylanasi) 
yangi tug‗ilgan o‗g‗il bolalarda yuqori bo‗ladi, bu holat jinsiy etilish davrigacha 
davom etadi. O‗g‗il bolalarda 13-14 yoshdan jinsiy etilish davri boshlanadi, bo‗y 
o‗sishi jadallashadi. 


222 
Bola rivojida bir davrdan ikkinchi davrga o‗tish muddati, ya‘ni morfologik, 
fiziologik va psixologik nuqtai nazaridan taraqqiyot davrini aniqlash muhim ilmiy 
nazariya hisoblanadi.
Bolalarning taraqqiyot davri N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan 
bo‗lib, unga N.I.Krasnogorskiy ba‘zi bir o‗zgarishlarni kiritgan. Bolalar va 
o‗smirlar yosh guruhlari quyidagicha tavsiya qilingan: 
1. Yangi go‗daklik davr (1 – 10 kungacha) 
2. Emizikli yoki chaqaloqlik davri ( 11 kundan 1 yoshgacha) 
3. Dastlabki bolalik davri ( 1 – 3 yoshgacha)
4. Birlamchi bolalik davri (4 yoshdan -7 yoshgacha) 
5. Ikkilamchi bolalik davri: (7 – 11 yoshgacha qiz bolalar,7 – 12 yoshgacha 
o‗g‗il bolalar) 
6. O‗smirlik davri (12 - 15 yoshgacha qiz bolalar, 13 – 16 yoshgacha o‗g‗il 
bolalar). 
7. O‗spirinlik davri (16 – 20 yoshgacha) 
12.2. Jismoniy rivojlanish salomatlik ko„rsatkichi sifatida. 
Aholi salomatligiga baho beruvchi ko‗rsatkichlardan biri bu bolalar va 
o‗smirlarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichidir. Bundan tashqari jismoniy 
rivojlanish ko‗rsatkichi bolalarning salomatlik darajasini, tashqi muhit sharoitining 
bolalar salomatligiga ijobiy yoki salbiy ta‘sirini aniqlab beradi. Jismoniy 
rivojlanishni baholashni tibbiy ko‗rik o‗tkazish bilan olib borish kerak. 
Bolalar va o‗smirlarning bolalik davrining turli bosqichlariga qarab quyidagi 
muddatlarda tibbiy ko‗riklardan o‗tkaziladi. 
1. Chaqaloqlar har oyda bir marta 
2. Ilk bolalik davrida har 3 oyda bir marta 
3. Maktabgacha yoshda har 3 – 6 oyda bir marta 
4. Maktab yoshi davrida bir yilda bir marta 
Tibbiy ko‗rikdan o‗tkazib, har bir shahsning jismoniy rivojlanishiga baho 
berishda shu mintaqa uchun aniqlangan standartdan foydalaniladi. Bunda shahsiy 
antropometrik ko‗rsatkichlarni standart bilan taqqoslab, bolalar va o‗smirlarning 


223 
jismoniy rivojlanishiga baho beriladi. Ijtimoiy turmushning o‗zgarib turishi tufayli, 
bolalar va o‗smirlarning jismoniy rivojlanishini ifodalovchi standart vaqti-vaqti 
bilan dinamikada qayta aniqlab turiladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling