220
muammolarni o‗rganish,jismoniy tarbiyani bolalar salomatligiga ta‘sirini
o‗rganishdan, sport turlari bilan bog‗liq bo‗lgan jarohatlanish va
shikastlanishnilarning oldini olishda vrach nazoratini o‗rnatishdan iboratdir.
3. Tashqi muhit gigiyenasi-bu bo‗limning vazifasi har xil bolalar va
o‗smirlar muassasalarini
loyihasini ishlab chiqish,bolalar muassasalaridagi havo
almashinuvi,yorug‗lik va issiqlik bilan etarli miqdorda ta‘minlashlash,
bolalarni
o‗yinchoqlarini, o‗quv qurollarini va boshqalarni sanitariya nazoratidan
o‗tkazishdan iboratdir.
4. Bolalar va o„smirlarning ovqatlanish gigiyenasi - bu bo‗lim o‗sayotgan
organizmning me‘yorda o‗sishida va salomatligida ovqatlarni
rolini va har xil
sharoitda, har xil yoshdagi bolalar uchun ovqatlanish tartibini ishlab chiqadi.
5. Bolalar va o„smirlarga tibbiy xizmatni ko„rsatish bo„limi - bu
bo‗limlarni asosiy vazifasi bolalar va o‗smirlarga tibbiy sanitariya xizmatini tashkil
qilish, sog‗lomlashtirish tadbirlarini va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni
ishlab chiqadi va aholini gigienik tarbiyalaydi.
Demak, bolalar va o‗smirlar organizmi bu to‗xtovsiz o‗sib rivojlanib turuvchi
organizm hisoblanadi. Shunday ekan bolalar va o‗smirlar salomatligini o‗ylaganda
biz nafaqat qandaydir bir kasallik bo‗lmasligi, balki bolalarni me‘yorda garmonik
va yoshiga yarasha rivojlanishi tushunishimiz kerak.
Shuning uchun bolalar va
o‗smirlar salomatligini yaxshilash va mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni
amalga oshirilayotganda bola organizmida bo‗layotgan
biologik jarayonlarni
hisobga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: