Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Rezervuarlarni loyihalashtirish
In‘eksiyalar uchun suvni saqlash uchun rezervuar bosim ostidagi idish sifatida loyihalashtiriladi. Ushbu talab to‗liq vakuumni ham ta‘minlashi lozim (ventilyasion filtr tiqilib qolganda yoki ventilyassion klapan yopiq bo‗lganda). Tizimni 134 0 da bug‗ bilan ishlash uchun rezervuar 3 bar ga teng bosimga mo‗ljallangan bo‗lishi kerak. Rezervuar yuzasi quvurlarga qo‗yiladigan talablarga mos holda ishlanadi. Vertikal va gorizontal rezervuarlardan foydalanilishi mumkin, ular o‗z kamchiliklari va afzalliklariga ega. Nazorat savollari 1. Suv manbalarining turlari 2. Suvning gigienik axamiyati 215 3. Suvning fiziologik ahamiyati. 4. Ichimlik suvi sifatiga qo‗yiladigan gigienik talablar. 5. Suv qaysi kasalliklarning tarqalishida manba bo‗ladi? 6. Suvning organoleptik xossalariga nimalar kiradi? 7. Ichimlik suv sifatini yaxshilash usullariga nimalar kiradi? 8. Ichimlik suvni tozalash usullariga nimalar kiradi? 9. Suvni zararsizlantirishning qanday usullari bor? 10. Suvning epidemiologik xavfsizligiga qaysi ko‗rsatgichlar bilan baho beramiz? 11. Ichimlik suvining sifatini baholash qaysi xujjat asosida olib boriladi? 12. Farmatsevtik maqsadda qo‗llaniladigan suvning tayyorlanishiga qo‗yiladigan gigienik talablar. 13.Tozalangan suvni saqlash va taqsimlash 14. Suvni tozalangan holda olish usullari 15. Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi 16. In‘eksiyalar uchun suvga qo‗yiladigan gigienik talablar 17 Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi 18. Distillyasiya jarayonlarining turlari Testlar 1. Suvning sifatini yaxshilash usullari: 1. tindirish 2. bakteriologik 3. filtrlash 4. koagulyasiya 5. radiologik 2. Suvni zararsizlantirish usullarini aniqlang: 1. fizikaviy 2. filtrlash 3. tindirish 4. kimyoviy 5. ftorlash 3.Suvni qanday fizikaviy usullar binlan zararsizlantirish mumkin? 1. qaynatish 2. tindirish 3. koagulyasiya 4. ultrabinafsha nurlar yordamida 5. ultratovush yordamida 4. Suvni qanday kimyoviy usullar bilan zararsizlantirish mumkin? 1. koagulyasiya 2. normal dozalarda xlorlash 3. giper xlorlash 4. super xlorlash 5. xlorlash 5. 1 l suv uchun koagulyant me‘yori mg 216 1. 20-100 2. 10-50 3. 150-40 4. 200 6. Suvni degazatsiya qilish bilan nimaga erishiladi? 1.suvni ta‘mi yaxshilanadi 2. suv mikroblardan tozalanadi 3.suvni sifati yaxshilanadi 4.suvni xidi yaxshilanadi 5.suv radiaktiv moddalardan tozalanadi 7. Suvni koagulyasiya qilish uchun ishlatiladigan koagulyantlar: 1.alyuminiy sulfat 2. natriy xlorid 3. temir xlorid 4. temir sulfat 5. alyuminiy xlorid 8. Suvni tiniqligini me‘yorini ko‗rsating 1. 30 mg litr 2. 30 gradus 3. 30 sm 4. 3 ball 5. 30% 9. Suvning oddiy sharoitlardagi fiziologik me‘yori 1. 2,5-3 l/kun 2. 1,5-2 l/kun 3. 3,5-4 l/kun 4. 4,5-5,5 l/kun 5. 6-8 l/kun 10. Suv tiniqligini aniqlaydigan asbob 1. Krotov apparati 2. kolbalar 3. Gener tsilindri 4. batometr 5. mikroskop 11. Suv orqali yuqadigan kasallik 1. xolera 2. difteriya 3. salmenollez 4. ko‗k yo‗tal 5. qorin tifi 12. Vodoprovod suvi uchun koli titr me‘yori 1. 100 2. 500 3. 300 4. 4000 13. Suv sifatining bakteriologik ko‗rsatkichlari: 1. bakteriologik usul 2. koli-indeks 3. mikroblar soni 4. koli-titr 5. mikrobiologik usul 14. Epidermiologik havf tug‗ilganda suvni havfsizlantirish usuli 1. ozonlash 2. giperxlorlash 3. uf ozonlash 4. koagulyasiya 5. xlorlash 15. Ichimlik suvida nitratlarning ruxsat etilgan me‘yori 1. 45 mg/ litrdan ko‗p emas 2. 0,1 mg/ litrdan ko‗p emas 3. 10 mg/ litrdan ko‗p emas 4. 25 mg/ litrdan ko‗p emas 5. 35 mg/ litrdan ko‗p emas 16. Suvni ishonchli zararsizlantirilgan aniqligini ko‗rsatvuchi qoldiq xlor miqdori (mg/l) 217 1. 0,2-0,3 2. 0,5-0,1 3. 1,0-1,5 4. 1-2 5. 2,0-3,0 17. Qaysi kimyoviy moddalar suvni organik ifloslanganligini ko‗rsatadi 1. temir birikmalari 2. nitrit 3. nitrat 4. ftor 5. ammiak 18. Suvni koagulyasiya qilish uchun ishlatiladigan koagulyantlar: 1.alyuminiy sulfat 2.alyuminiy xlorid 3.temir xlorid 4.natriy xlorid 5.temir sulfat Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling