Nuraliyeva Xafiza Otayevna, Qodirova Dildora Ergashevna, Fayzullayeva Zamira Raxmatovna


Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/154
Sana20.12.2022
Hajmi1.91 Mb.
#1035747
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154
Bog'liq
Гигиена қўлланма лотин7 май 18 йил

Teskari osmosning ikki bosqichli tizimi 
Farmatsevtik maqsadlarda suvni tayyorlash uchun so‗nggi yillarda ikki 
bosqichli teskari osmos tizimidan foydalaniladi. Dastlab suv teskari osmosning 
birinchi bosqichiga kelib tushadi. Bunda hosil bo‗ladigan konsentrat chiqarib 
tashlanadi. Filtrat (permeat) teskari osmosning ikkinchi bosqichiga uzatiladi va 
yana tozalanadi. Teskari osmosning ikkinchi bosqichida konsentratda teskari 
osmatik qurilmadagi suvga qaraganda tuzlar kam bo‗lgani bois, uni uzatiladigan 
suv bilan aralashtirish va shunday tarzda tizimga qaytarish mumkin. Teskari 
osmosdan suvni tozalashning dastlabki bosqichi sifatida foydalanilganda bir 
bosqichli qurilmadan foydalanish mumkin. Tuz miqdori va suvda xloridlar miqdori 
yuqori bo‗lganda mazkur qurilma olinadigan suvning Farmakopeyada belgilangan 
sifatini ta‘minlay olmaydi.
Ushbu usulning o‗z kamchiliklari mavjud. Teskari osmos suvdan hamma 
qo‗shimchalarni bartaraf eta olmaydi hamda molekulyar og‗irligi juda kichik 
bo‗lgan erigan organik moddalarni yo‗qotish qobiliyati ham juda past. Ion 
almashinuvi 
tizimlariga 
qaraganda 
teskari 
osmos 
solishtirma 
elektr 
o‗tkazuvchanlikni ancha pasaytirish imkonini bermaydi, bunga, xususan, suvda 
uglerod gazi miqdorining yuqoriligi to‗sqinlik qiladi. Uglerod dioksidi odatda 
teskari osmotik membranalardan bemalol o‗tib ketadi va dastlabki suvdagi 
miqdorda permeatga tushadi. Bunga yo‗l qo‗ymaslik uchun teskari osmotik modul 
oldidan anion almashinuvchi smolalardan yoki dekarbonizatordan foydalanish 
tavsiya etiladi. Membranalar materiali etarlicha nozik bo‗ladi, uning butunligi ham 
buzilgan bo‗lishi mumkin, buning oqibatida butun teskari osmotik qurilmaning ishi 
izdan chiqadi. Shuning uchun membranalarning tegishli materiallarini to‗g‗ri 
tanlash muhim ahamiyatga ega. Erkin xlor ta‘siriga dosh bera olmaydigan 
membranalardan foydalanganda ko‗mir filtrni o‗rnatish yoki tarkibida natriy sulfit 
bo‗lgan birikmalarni dozalash maqbul echim bo‗ladi.
Teskari osmotik membranalar yuqori haroratlar ta‘siriga bardoshli emas. 
Shuning uchun suvni qurilmaga berishdan oldin sovutish kerak.


213 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling